fbpx
Videoretsept: Dolchinli o’rama bulochkalar

Videoretsept: Dolchinli o’rama bulochkalar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Dolchinli bulochkalar tayyor xamirdan tayyorlanilishi sabab ham, juda qisqa muddatda pishadi, shu bilan birga bu jarayon zavq ham bag’ishlaydi.

Siz ham shunday tezpishar yegulikdan pishirib, yaqin insonlaringizni xursand qiling.

Masalliqlar:

500 gramm tayyor oshirma xamir
1 osh qoshiq dolchin
2 osh qoshiq shakar
30 gramm eritilgan sariyog'
ustiga surtish uchun tuxum sarig’i + sut
Qadam 1
Tugallandi

Xamir yumshashi va ko’tarilishi uchun iliq joyga olib qo’yamiz (40 daqiqa).

Qadam 2
Tugallandi

Xamirni 8 ta bo’lakka bo’lamiz.

Har bir xamirni 3 mm qalinlikda ovalsimon shaklda yoyib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Eritilgan sariyog’ni surtib, shakar va dolchindan sepamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Pichoq bilan ikkita uchiga tegmasdan uzun-uzun kesib chiqamiz.

Xamirni ko’ndalangiga ruletsimon shaklda o’rab chiqamiz va spiraldek aylantirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Patnisga teramiz, ustini sochiq bilan yopib, 20 daqiqa iliq joyga olib qo’yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

180 С darajada qizigan pechga 25 daqiqaga yo’llaymiz.

Tayyor bo’lishiga 5 daqiqa qolganda tuxum sarig’i va sut aralashmasidan surtamiz.

Yoqimli ishtaha!

Instagramdagi rasmiy sahifasi: @mali_uzb

Facebookdagi rasmiy sahifasi: Mali_uzb

Reklama huquqi asosida

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 gramm tayyor oshirma xamir
1 osh qoshiq dolchin
2 osh qoshiq shakar
30 gramm eritilgan sariyog'
ustiga surtish uchun tuxum sarig’i + sut
oldingi
Glazurlangan siroklar
keyingi
«Rafaello» konfetlari

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.