Glazurlangan siroklar
Masalliqlar:
-
Asosiga:
-
400 gramm tvorog
-
60 gramm shakar
-
60 gramm sariyog'
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
Glazuriga:
-
200 gramm sutli shokolad
-
100 gramm sariyog'
Yo’nalishlar
Bizlar uy sharoitida glazurlangan siroklardan tayyorladik va ular sotuvdagilardan umuman qolishmadi. Asosiysi, ular juda foydali hamdir!
Tayyorlanadigan yegulikka taxminan 35 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
Asosiga: |
|
400 gramm tvorog | |
60 gramm shakar | |
60 gramm sariyog' | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
Glazuriga: |
|
200 gramm sutli shokolad | |
100 gramm sariyog' |
Asosi
Sariyog'ni eritib, shakar va vanil shakari bilan aralashtirib olamiz.
Sariyog'-shakarli massa biroz sovigandan so'ng tvorogni solib, qoshiqda aralashtirib olamiz.
Ulardan siroklar yasab olamiz va iloji bo'lsa cho'pchalar tiqib chiqamiz, shunda shokoladga botirib olish osonroq kechadi.
Tayyor shaklchalarni pergament qog'oz to'shalgan taxtakachga terib, 1-2 soatga muzlatgichga olib qo'yamiz.
Glazuri
Sariyog' va shokoladni suv bug'ida eritib olamiz. Silliq holatli aralashma hosil bo'ladi.
Siroklar ustidan erigan shokoladdan quyib, hamma joyini shokoladga belab olamiz. Qotishi uchun, 20-30 daqiqaga muzlatgichga olib qo'yamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Asosiga: |
|
400 gramm tvorog | |
60 gramm shakar | |
60 gramm sariyog' | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
Glazuriga: |
|
200 gramm sutli shokolad | |
100 gramm sariyog' |
1 Sharhlar Hide Comments
Vanil shakari bu oddiy vanilinmi?