Parmijana tovug’i
Masalliqlar:
-
500 gramm tovuq filesi
-
100 gramm maydalangan suxari
-
100 gramm parmezan pishlog'i
-
1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
-
2 ta tuxum
-
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
150 gramm motsarella pishlog'i
-
Qaylasiga:
-
100 gramm piyoz
-
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
4 osh qoshiq zaytun moyi
-
25 gramm pomidor pastasi
-
750 gramm o'z sharbatiga yopilgan pomidorlar
-
1 osh qoshiq shakar
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
garniriga spagetti
Yo’nalishlar
Pomidorli qayla va pishloq bilan pishiriladigan tovuq juda sersuv, mayin bo’lib pishadi. Bunday taom esa sovuq qish kunlarida katta ishtaha bilan iste’mol qilinadi.
Bu retsept Amerikadagi italyan muhojirlari tomonidan o’ylab topilgan bo’lib, shu sababli bu yerda har xil turdagi pishloqlardan foydalanilgan.
Tayyorlanadigan yegulikka taxminan 50 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqt gagina amal qiladi.
Masalliqlar:
500 gramm tovuq filesi | |
100 gramm maydalangan suxari | |
100 gramm parmezan pishlog'i | |
1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni | |
2 ta tuxum | |
3 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
150 gramm motsarella pishlog'i | |
Qaylasiga: |
|
100 gramm piyoz | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
4 osh qoshiq zaytun moyi | |
25 gramm pomidor pastasi | |
750 gramm o'z sharbatiga yopilgan pomidorlar | |
1 osh qoshiq shakar | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
garniriga spagetti |
Qaylasiga:
Piyoz va sarimsoqpiyozni mayda to'g'rab olamiz.
Qozonchaga zaytun yog'ini solib qizdiramiz, piyozni solib, yumshagunicha qovurib olamiz.
So'ng sarimsoqpiyoz va pomidor pastasini solib, 1 daqiqa qovuramiz.
O'z sharbatiga yopilgan pomidorlarni mayda to'g'rab, qozonchaga solamiz.
Qaynashni boshlaganda, olovni pasaytirib, 40 daqiqa dimlab pishiramiz.
Shakar, tuz va murch sepib aralashtiramiz.
Pishgan qaylani blender yordamida ezib maydalab olamiz.
Gaz pechini 220 C darajaga yoqib qo'yamiz.
Tovuq go'shtini oshxona bolg'achasi yordamida urib olamiz. Tuz va murch sepamiz.
Bitta idihsga tuxumlarni chaqib solamiz, alohida idishga esa suxari, maydalangan sarimsoqpiyoz va parmezan pishlog'ini solib aralashtiramiz.
Tovuq filesini avval tuxumli aralashmaga, so'ng esa suxarili massaga belab olamiz.
Qizigan yog'da tovuqlarni qizartirib qovurib olamiz.
Qolipga qaylaning yarmini quyamiz, ustidan tovuq filelarini terib chiqamiz.
Ustidan qaylaning 1/4 qismini quyamiz. Motsarellani qirg'ichdan chiqarib sepamiz va 20-25 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Garnirga xohlagan ko'rinishdagi spagettilardan qaynatib, qolgan pomidorli qayla bilan aralashtirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
500 gramm tovuq filesi | |
100 gramm maydalangan suxari | |
100 gramm parmezan pishlog'i | |
1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni | |
2 ta tuxum | |
3 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
150 gramm motsarella pishlog'i | |
Qaylasiga: |
|
100 gramm piyoz | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
4 osh qoshiq zaytun moyi | |
25 gramm pomidor pastasi | |
750 gramm o'z sharbatiga yopilgan pomidorlar | |
1 osh qoshiq shakar | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
garniriga spagetti |