fbpx
«Dangasa» do’lmalar

«Dangasa» do’lmalar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Do’lma tugishni xush ko’rmaydiganlar yoki erinadigan ayollarimiz uchun juda ajoyib do’lma retsepti!

Bunday usulda pishirilgan taomning qanchalik mazali ekanligiga balkim sizlarni ishontirish qiyindir, ammo bir marotaba tayyorlasangiz bas, bunday do’lmalar sizning shohona taomingizga aylanishi aniq.

Tayyorlanadigan yegulikka taxminan 37 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqt gagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm mol go'shtidan qiyma
200 gramm qaynatilgan guruch
250 gramm karam
1 dona tuxum
100 gramm piyoz
230 gramm qizil sabzi
150 gramm 15-20 % li smetana
3 osh qoshiq pomidor pastasi
ta'bga qarab tuz va murch
bir chimdim shakar
yarim bog' shivit yoki kashnich
3 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
Qadam 1
Tugallandi

Karamni to'g'rab olamiz va ustidan bir stakan suv quyib, suvi bug'lanib ketgunga qadar qaynatib olamiz.

So'ng pichoq yordamida karamni yanada maydalab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Sabzini qirg'ichdan chiqaramiz, piyozni esa mayda to'g'rab olamiz.

Tovaga ozroq yog' quyib, piyoz va sabzini yumshagunicha qovuramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qiyma ustidan karam, guruch, tuxum, piyoz va sabzini solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tuz va murch sepib, kotletlar yasab olamiz va qolipga terib chiqamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Pomidor pastasi, smetana, 2 stakan suv, maydalangan sarimsoqpiyoz va ko'katlarni solib aralashtiramiz. Shu qaylani kotletlarning ustidan quyib chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

180 C darajada qizigan pechda 45 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 60 daqiqa
  • Portsiya 15
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm mol go'shtidan qiyma
200 gramm qaynatilgan guruch
250 gramm karam
1 dona tuxum
100 gramm piyoz
230 gramm qizil sabzi
150 gramm 15-20 % li smetana
3 osh qoshiq pomidor pastasi
ta'bga qarab tuz va murch
bir chimdim shakar
yarim bog' shivit yoki kashnich
3 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
oldingi
Taten olmali tarti
keyingi
Kartoshkali kotletlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.