fbpx
Qaymoqli qaylada pishirilgan tovuq

Qaymoqli qaylada pishirilgan tovuq

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Tovuq sonlarini eng mazali qilib pishirish usullaridan biri uni xushbo’y qaymoqli qaylada pishirishdir. 

Qayladagi sarimsoqpiyoz va ziravorlar tovuqning yanada lazzatli va sersuv chiqishini ta’minlaydi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 40 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

4 dona tovuq sonlari
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
bir bog' kashnich
100 gramm smetana
150 gramm qaymoq
ta'bga qarab tuz va murch
yarim choy qoshiq xmeli-suneli ziravori
2-3 osh qoshiq o'simlik yog'i yoki sariyog'
Qadam 1
Tugallandi

Gaz pechini 180 C darajaga yoqib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tovuq sonlarini yuvib, quritamz. Yog' solingan tovada po'stli tomonini pastga qaratib, 5-7 daqiqa davomida qovurib olamiz. Qizargandan so'ng esa ag'daramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tovuqni toblatmalarga mo'ljallangan qolipga solamiz va pechda 20-25 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qaylani tayyorlab olamiz. Ko'katlar va sarimsoqpyozni mayda to'g'rab idishga solamiz. Ustidan qaymoq va smetanani quyib, tuz, murch va xmeli-suneli ziravorini sepamiz. Aralashtirib, tovuq ustidan quyamiz va yana pechda 20 daqiqa davomida pishiramiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

4 dona tovuq sonlari
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
bir bog' kashnich
100 gramm smetana
150 gramm qaymoq
ta'bga qarab tuz va murch
yarim choy qoshiq xmeli-suneli ziravori
2-3 osh qoshiq o'simlik yog'i yoki sariyog'
oldingi
Apelsinli glazur surtilgan mayizli bulochkalar
keyingi
Tezpishar pechenyelar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.