«Mazurka» pirogi
Masalliqlar:
-
1 stakan mayiz
-
1 stakan maydalangan yong'oq
-
1 stakan un
-
1 stakan shakar
-
2-3 ta tuxum
-
1.5 choy qoshiq qabartma
-
bir chimdim tuz
-
1 choy qoshiq vanil shakari
Yo’nalishlar
Mayiz va yong’oq solibpishiriladigan juda lazzatli «Маzurka» nomli pirogdan pishirib, yaqinlaringizni siylang.
Xohishga qarab, mayiz o’rniga turshak, olxo’ri va quritilgan anjir solishingiz mumkin.
Muhim! Pirogga solinadigan masalliqlarni 250 ml li stakanda o’lchab olamiz.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 25 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
1 stakan mayiz | |
1 stakan maydalangan yong'oq | |
1 stakan un | |
1 stakan shakar | |
2-3 ta tuxum | |
1.5 choy qoshiq qabartma | |
bir chimdim tuz | |
1 choy qoshiq vanil shakari |
Xamirni tayyorlashdan oldin mayizni tayyorlab olamiz.
Mayiz ustidan issiq suv quyamiz va 20 daqiqaga ivitib qo'yamiz, so'ng suvini to'kib tashlaymiz.
2 ta katta yoki 3 ta o'rtacha kattalikdagi tuxumni shakar, tuz va vanil shakari bilan birga oqarguniga qadar ko'pirtirib olamiz.
Ustidan mayiz va yong'oqlarni solamiz.
Un va qabartmani elab, aralashma ustidan solamiz va aralashtirib olamiz.
Xamirni 15 daqiqaga qoldiramiz.
Qolipga (qolipimizning aylanasi 22 sm) sariyog' surtib chiqamiz va xamirni quyamiz.
Pirogni 180 C darajada qizigan pechda 30-40 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pirogni issiqligidan rombsimon yoki kvadrat shaklda kesib olamiz va butunlay sovigandan so'ng dasturxonga tortamiz.
Yoqinli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 stakan mayiz | |
1 stakan maydalangan yong'oq | |
1 stakan un | |
1 stakan shakar | |
2-3 ta tuxum | |
1.5 choy qoshiq qabartma | |
bir chimdim tuz | |
1 choy qoshiq vanil shakari |