Tez tayyorlaniladigan «M&M’s» pechenyelari
Masalliqlar:
-
120 gramm sariyog'
-
1 dona tuxum
-
160 gramm un
-
1 choy qoshiq iste'mol sodasi
-
1 choy qoshiq qabartma
-
120 gramm "Gerkules" nomli suli yormasi
-
200 gramm shakar
-
120 gramm qora shokolad
-
140 gramm "M&M's" konfetlari
Yo’nalishlar
M&M’s shirinliklari solib pishiriladigan bunday pechenyelar barcha-barchani ishtahasini ochib yuborishi aniq. Ular mazali, xushbo’y, chetlari qarsildoq, ichi esa yumshoqqina bo’lib pishadi.
Bu pechenyelar uchun kerakli masalliqlar deyarli har bir uydan topiladi, «M&M’s» konfetlari uchun esa do’konga yugurib kelsangiz bo’ladi. Tayyorlash texnologiyasi esa juda oddiy, hatto bunga uchun bolalarni jalb qilsa ham bo’ladi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 24 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
120 gramm sariyog' | |
1 dona tuxum | |
160 gramm un | |
1 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
1 choy qoshiq qabartma | |
120 gramm "Gerkules" nomli suli yormasi | |
200 gramm shakar | |
120 gramm qora shokolad | |
140 gramm "M&M's" konfetlari |
Gaz pechini 180 C darajaga qizdiramiz. Sariyog'ni oldindan sovutgichdan olib qo'yamiz, chunki u xona haroratida yumshashi kerak.
Sariyog'ni mikserda ko'pirtirib olamiz, tuxumni solib, ko'pirtirishda davom etamiz.
Suli parchalari va shokoladni maydalab olamiz, ustidan barcha quruq masalliqlarni solib aralashtiramiz.
So'ng shu aralashmani sariyog' ustidan solamiz. Qoshiqda aralashtirib olamiz.
Xamirdan 24 dona koptokchalar yasab olamiz va pergament qog'oz ustidan terib chiqamiz. Pishish jarayonida pechenyelar yoyilishi sabab ham, ular orasiga 3-4 sm joy qoldiring.
Gaz pechiga 12-15 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pechenyelarni sovutib olamiz va germetik idishlarga solib saqlaymiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
120 gramm sariyog' | |
1 dona tuxum | |
160 gramm un | |
1 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
1 choy qoshiq qabartma | |
120 gramm "Gerkules" nomli suli yormasi | |
200 gramm shakar | |
120 gramm qora shokolad | |
140 gramm "M&M's" konfetlari |