Gaz pechida pishirilgan rangdor gulmohi balig’i
Masalliqlar:
-
1 dona rangdor gulmohi balig'i (forel')Biz xarid qilgan baliqning og'irligi 4 kilo
-
100 gramm piyoz
-
250-300 gramm pomidor
-
1 dona limon
-
3 osh qoshiq zaytun moyi
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
yarim bog' petrushka
-
1 choy qoshiq baliqqa mo'ljallangan ziravorlar
Yo’nalishlar
Rangdor gulmohi ya’ni «forel» balig’ininh juda mazaliligi, ayniqsa foydali xususiyatlari ko’pchilikka ma’lum.
Butunligicha pishiriladigan bu taom dasturxonga o’zgacha ko’rk bag’ishlab, ajoyib ifori esa ishtahangizni ochib yuboradi.
Aytgancha, bu rangdor gulmohi balig’ini bizlar Korzinka.uz supermarketlardan biridan xarid qildik.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 250 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
1 dona rangdor gulmohi balig'i (forel') | |
100 gramm piyoz | |
250-300 gramm pomidor | |
1 dona limon | |
3 osh qoshiq zaytun moyi | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
yarim bog' petrushka | |
1 choy qoshiq baliqqa mo'ljallangan ziravorlar |
Baliqni tangachalari va ichak-chavoqlaridan tozalab, yaxshilab yuvib olamiz.
Gaz pechi patnisiga yaltiroq tomonini tepaga qilib folga solamiz.
Ustidan ozroq o'simlik yog'i surtamiz.
Piyozni 1 sm qalinlikda parrak qilib to'g'rab olamiz.
Shu piyozni folga ustidan terib chiqamiz. Bu baliq folgaga yopishib qolmasligi uchun muhim.
Baliqqa zaytun moyidan surtamiz, tuz va murch sepamiz, so'ng terilgan piyoz ustidan qo'yamiz.
Pomidor va limonni parrak qilib to'g'rab, baliq ichiga petrushka bilan birga solib chiqamiz.
180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 40-60 daqiqa davomida pishirib olamiz. Agar usti kuyib ketish xavfi tug'ilsa, unda ustini folganing yaltiroq tomonini tepaga qilib yopamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 dona rangdor gulmohi balig'i (forel') | |
100 gramm piyoz | |
250-300 gramm pomidor | |
1 dona limon | |
3 osh qoshiq zaytun moyi | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
yarim bog' petrushka | |
1 choy qoshiq baliqqa mo'ljallangan ziravorlar |