Go’shtli taomlar uchun iliq salat-garnir
Masalliqlar:
-
800 gramm kartoshka
-
200 gramm shampinyon
-
1 bosh qizil piyoz
-
80 gramm marinadlangan bodring
-
20 gramm xantal donachalari
-
20 millilitr zaytun moyi
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
0.5 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
-
20 millilitr asal
Yo’nalishlar
Agarda siz garnirlarga rang-baranglik kiritmoqchi bo’lsangiz, unda sabzavotlardan tayyorlaniladigan bu mazali salat juda qo’l keladi.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 18 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
800 gramm kartoshka | |
200 gramm shampinyon | |
1 bosh qizil piyoz | |
80 gramm marinadlangan bodring | |
20 gramm xantal donachalari | |
20 millilitr zaytun moyi | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
0.5 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
20 millilitr asal |
Gaz pechini 200 C darajaga yoqib qo'yamiz.
Kartoshkani yuvib olamiz va parrak qilib to'g'raymiz. Tuz va murch, xohishga qarab paprikadan sepamiz. Zaytun moyini quyib, aralashtirib olamiz va gaz pechida pishguniga qadar, taxminan 15-20 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Qo'ziqorinlarni ham parrak qilib to'g'rab, yog' solingan tovada qovurib olamiz. Tuz sepamiz.
Bodringlarni parrak, cherri pomidorlarini o'rtasidan bo'lamiz, piyozni esa mayda to'g'rab olamiz.
Asal, zaytun moyi va xantal donachalarini bitta idishga solib aralashtiramiz.
Pishgan kartoshka ustidan bodring, pomidor, piyoz va qo'ziqorinni solib aralashtiramiz. Ustidan qaylani quyamiz. Tayyor yegulikni dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
800 gramm kartoshka | |
200 gramm shampinyon | |
1 bosh qizil piyoz | |
80 gramm marinadlangan bodring | |
20 gramm xantal donachalari | |
20 millilitr zaytun moyi | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
0.5 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
20 millilitr asal |