fbpx
Batafsil fotoretsept: «Bayram» salat-torti

Batafsil fotoretsept: «Bayram» salat-torti

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bayram dasturxonini tovuq go’shti bilan bezatishni tavsiya qilamiz. Bunda ularni ko’p qavatli bayram tort-salatiga qo’shsangiz, maqsadga muvofiq bo’ladi.

Bunday salatni aylana shaklda tayyorlasangiz, undagi barcha qavatlar ko’rinib, yanada ishtahaliroq chiqadi.

Bizlar bunda aylanasi 20 sm li ochib-yopiladigan tort qolipidan foydalandik.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 50 000 soʻm sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

4-5 dona konservalangan ananas halqachalar
400 gramm qaynatilgan tovuq go'shti
400 gramm qaynatilgan kartoshka
0.5 banka konservalangan makkajo'xori
200 gramm qaynatilgan sabzi
3 ta qaynatilgan tuxum
100 gramm qattiq pishloq
150 gramm marinadlangan shampinyon
200 gramm mayonez
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Barcha kerakli masalliqlarni tayyorlab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Kartoshkani qirg'ichning katta tishchasidan chiqarib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Sabzini ham qirg'ichdan chiqarib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Marinadlangan qo'ziqorinlarni parrak qilib to'g'raymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Ananas halqachalarini to'rtburchak qilib to'g'raymiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tovuq go'shtini ham to'rtburchak shaklda to'g'raymiz.

Qadam 7
Tugallandi

Qaynatilgan tuxumlarni ham to'rtburchak shaklda to'g'raymiz.

Qadam 8
Tugallandi

Pishloqni ham qirg'ichdan chiqarib olamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Qolip aylanasini kattaroq likopcha ustiga qo'yamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Avval qirg'ichdan chiqarilgan kartoshkani solib, tekislaymiz va ustidan mayonez surtib chiqamiz. Tuz va murch sepamiz.

Qadam 11
Tugallandi

So'ng qo'ziqorinlarni solamiz.

Qadam 12
Tugallandi

So'ng sabzini solamiz va ozroq mayonezdan surtamiz.

Qadam 13
Tugallandi

So'ng ananaslarga navbat keladi.

Qadam 14
Tugallandi

Endi tovuq go'shtini solamiz va ustidan mayonez solib, tekislab chiqamiz.

Qadam 15
Tugallandi

Keyingi qavat - konservalangan makkajo'xori.

Qadam 16
Tugallandi

Ustidan tuxumlarni solamiz va mayonezdan surtamiz. So'ng pishloqni sepamiz.

Qadam 17
Tugallandi

Salatni 1 soatga sovutgichga olib qo'yamiz. So'ng qolip aylanasidan xalos etib, xohishga qarab ustini bezatamiz. Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

4-5 dona konservalangan ananas halqachalar
400 gramm qaynatilgan tovuq go'shti
400 gramm qaynatilgan kartoshka
0.5 banka konservalangan makkajo'xori
200 gramm qaynatilgan sabzi
3 ta qaynatilgan tuxum
100 gramm qattiq pishloq
150 gramm marinadlangan shampinyon
200 gramm mayonez
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Go’shtli taomlar uchun iliq salat-garnir
keyingi
Uyda tayyorlangan parhezbop mayonez

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.