fbpx
Qisqichbaqa tayoqchalaridan salat

Qisqichbaqa tayoqchalaridan salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Qisqichbaqa tayoqchalaridan tayyorlangan salat ham xuddi «Olivye» kabi yangi yil dasturxonidan o’z o’rnini egallashga ulgurgan. Bunday salat tez va oson tayyorlanib, kerakli masalliqlar esa deyarli har bir ro’zg’ordan topiladi.

Salatning klassik varianti quyidagi masalliqlardan tayyorlaniladi: qisqichbaqa tayoqchalari, makkajo’xori, tuxum va mayonez. Biz bu salatga bodringdan solishni ham tavsiya qilamiz, chunki u salatga ajoyib ta’m bag’ishlaydi.

Bizlar ba’zan bu salatga bodring o’rniga qaynatilgan guruchdan solamiz, bunda ham u mazali ta’m kasb etadi.

Masalliqlar:

200 gramm qisqichbaqa tayoqchalari
3 ta tuxum
2-3 ta bodring katta bo'lmagan
0.5 banka konservalangan makkajo'xori
150 gramm mayonez
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Tuxumlarni qaynatib olamiz, sovutib, mayda to'rtburchak shaklda to'g'raymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qisqichbaqa tayoqchalari va bodringni ham xuddi shunday tarzda to'g'raymiz.

Qadam 3
Tugallandi

To'g'ralgan mahsulotlarni chuqurroq idishga solamiz va aralashtiramiz.

Faqat dasturxonga tortishdan bir necha daqiqa oldingina mayonez, makkkajo'xori, tuz va murchdan solib, aralashtiramiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 20 daqiqa
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

200 gramm qisqichbaqa tayoqchalari
3 ta tuxum
2-3 ta bodring katta bo'lmagan
0.5 banka konservalangan makkajo'xori
150 gramm mayonez
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Yarim oy shaklidagi yong’oqli rogaliklar
keyingi
Videoretsept: Olmali roll-pay

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.