Anʼanaviy borsh
Masalliqlar:
-
400 gramm mol go'shti
-
250 gramm qizil lavlagi
-
300 gramm karam
-
300 gramm kartoshka
-
200 gramm qizil sabzi
-
200 gramm pomidor
-
1-2 ish qoshiq pomidor pastasi
-
5 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
2 ta lavr yaprog'i
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
-
birga tortish uchun smetana
-
2,5 litr suv
Yo’nalishlar
Oila aʼzolaringizni mazali va asosiysi foydali taom bilan siylashni istasangiz, unda borshdan tayyorlang. Bu taom qishda ham, yozda ham sevib isteʼmol qilinadi.
Har bir pazandaning oʻz sevimli retsepti mavjud boʻlib, bizlar ham bugun oʻzimizga juda yoqadigan tayyorlash uslubini sizlarga ham oʻrgatamiz.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 35 000 soʻm sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
400 gramm mol go'shti | |
250 gramm qizil lavlagi | |
300 gramm karam | |
300 gramm kartoshka | |
200 gramm qizil sabzi | |
200 gramm pomidor | |
1-2 ish qoshiq pomidor pastasi | |
5 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
2 ta lavr yaprog'i | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
birga tortish uchun smetana | |
2,5 litr suv |
Qozonga yogʻ solib qizdiramiz va toʻgʻralgan goʻshtni solib, qizartirib qovuramiz.
Oʻrtacha kattalikda toʻgʻralgan piyozni goʻsht ustidan solib, birga ozroq qovuramiz.
Qizil lavlagi va sabzini somoncha shaklda toʻgʻraymiz, qozonga solib, oʻrtacha olovda ikki daqiqacha dimlab pishiramiz.
Soʻng qirgʻichdan chiqarilgan pomidorlar va maydalangan sarimsoqpiyozni ham solamiz va qopqogʻini yopib, 10-12 daqiqa dimlab pishiramiz.
Ustidan qaynoq suv quyamiz va qaynash darajasiga keltiramiz. Ustida hosil boʻlgan koʻpiklarni olib tashlaymiz.
Past olovda 20-30 daqiqa davomida pishiramiz.
Goʻsht yumshab pishganidan soʻng, tuz va murch sepamiz, lavr bargini solamiz.
Kartoshkani toʻrtburchak, karamni somoncha shaklida toʻgʻrab solamiz va 10-15 daqiqa past olovda pishiramiz.
Soʻng pomidor pastasi va qolgan sarimsoqpiyozni solib, yana 3 daqiqacha qaynatamiz.
Pishgan taomni koʻkatlar va smetana bilan birga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
400 gramm mol go'shti | |
250 gramm qizil lavlagi | |
300 gramm karam | |
300 gramm kartoshka | |
200 gramm qizil sabzi | |
200 gramm pomidor | |
1-2 ish qoshiq pomidor pastasi | |
5 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
2 ta lavr yaprog'i | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
birga tortish uchun smetana | |
2,5 litr suv |