Yong’oqlar va quritilgan mevalardan tayyorlangan vitaminli aralashma (miks)
Masalliqlar:
-
150 gramm yong'oq
-
100 gramm bodom
-
250 gramm turshak
-
250 gramm quritilgan olxo'ri
-
250 gramm suyuq asal
-
200 gramm mayiz
-
1 dona limon
Yo’nalishlar
Sovuq qish faslida immunitetni ko’tarib, viruslarga qarshi kurashuvchanlikni oshirishda yong’oqlar va quritilgan mevalardan tayyorlangan vitaminli «koktel» yordam beradi.
Bu ajoyib shirinlikni tayyorlash uchun ko’p vaqt va mehnat talab etilmaydi. Eng asosiysi esa sifatli masalliqlarning mavjudligidir.
Iste’mol qilish uchun tavsiya: kattalarga — kuniga 2-3 osh qoshiqdan ko’p bo’lmagan miqdorda, (ovqat yarim soat oldin), bolalarga — 2-3 choy qoshiq.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 59 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
150 gramm yong'oq | |
100 gramm bodom | |
250 gramm turshak | |
250 gramm quritilgan olxo'ri | |
250 gramm suyuq asal | |
200 gramm mayiz | |
1 dona limon |
Mayiz, turshaķ va quritilgan olxo'rini yuvib olamiz va yumshashi uchun ustidan qaynoq suv solib, 15-20 daqiqa ivitib qo'yamiz.
So'ng suvini to'kib tashlab, toza sochiqqa teramzi va suvi batamom oqishi uchun 15 daqiqaga qoldiramiz.
Limonni ham 2-3 daqiqaga qayniq suvga solamiz va shu suvda sovigunicha ushlab turamiz. Bu uning yumshashi va po'stlog'ining taxir ta'mi ketishida yordam
Yong'oq va bodomni kombaynga solib, maydalab olamiz va bitta kattaroq idishga solamiz.
Quritilgan mevalar va parrak qilib to'g'ralgan limonni ham kombayn yoki blenderga solib, maydalab olamiz va yong'oqlar ustidan solamiz.
Barchasini ustidan suyuq asal solib, aralashtirib olamiz.
Tayyor aralashmani bankachaga solib, sovitgichga olib qo'yamiz. Bunday vitaminli miksni sovutgichda 3 oygacha saqlashimiz mumkin.
Salomat bo'ling!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
150 gramm yong'oq | |
100 gramm bodom | |
250 gramm turshak | |
250 gramm quritilgan olxo'ri | |
250 gramm suyuq asal | |
200 gramm mayiz | |
1 dona limon |