fbpx
Shovla

Shovla

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

To’yimli, ishtahaochar va nihoyatda mazali shovla taomi, milliy oshxonamizning ajralmas taomlaridan biri hisoblanadi.

Shovlani tayyorlash palovdan ko’ra osonroq hisoblanadi.

Narxi manba chop etilgan vaqtgagina 27 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

500 gramm yumaloq donli guruch
500;gramm piyoz
500 gramm sabzi
300-400 gram mol go'shti
200 gramm po'stidan tozalangan pomidor
ta'bga qarab tuz va murch
ta'bga qarab quritilgan qalampir (paprika)
150 millilitr o'simlik yog'i
ta'bga qarab zira
Qadam 1
Tugallandi

Go'shtni o'rtacha bo'laklarga bo'lib, qizdirilgan yog'da qizartirib qovurib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Piyozni yarim halqa qilib to'g'raymiz va solib, go'sht bilan birga qovuramiz.

Qadam 3
Tugallandi

So'ng somoncha shaklda to'g'ralgan sabzini solib, yumshaguniga qadar qovuramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Pomidorlarni po'stini archib olamiz, qirg'ichdan chiqarib solamiz va ziravorlarni solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

So'ng guruchni yuvib, qozonga solamiz va guruch shaffof rangga kirgunicha qovuramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Ustidan ikkita barmoq bo'g'imni ko'muvchi suvni solamiz

Qadam 7
Tugallandi

Qozonning olovini baland qilib, qaynatamiz. Ustidagi suv bug'lanib ketganidan so'ng, olovni pasaytiramiz. Tuz va murch sepamiz. Qopqog'ini yopib, 10 daqiqa pishiramiz.

Pishgan taomni suzma va ko'katlar bilan birga tortamiz.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 gramm yumaloq donli guruch
500;gramm piyoz
500 gramm sabzi
300-400 gram mol go'shti
200 gramm po'stidan tozalangan pomidor
ta'bga qarab tuz va murch
ta'bga qarab quritilgan qalampir (paprika)
150 millilitr o'simlik yog'i
ta'bga qarab zira
oldingi
Qovoq va go’shtli toblatma
keyingi
Qovurdoq

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.