Videoreotsept: Pomidor-rayhonli krekerlar
Masalliqlar:
-
180 gramm un
-
30 gramm yumshatilgan sariyog'
-
3 osh qoshiq mayda to'g'ralgan rayhon
-
2 osh qoshiw pomidor pastasi
-
ta'bga qarab qora murch
-
3 osh qoshiq suv
-
yirik tuz
Yo’nalishlar
Pomidor va rayhon uyg’unligidan hosil bo’lgan ta’m hech kimni befarq qoldirmasligi sir emas. Bimday krekerlarni pishirayotganda undan taraladigan hid esa sizni xuddi Italiyaga eltgandek bo’ladi.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 5 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
180 gramm un | |
30 gramm yumshatilgan sariyog' | |
3 osh qoshiq mayda to'g'ralgan rayhon | |
2 osh qoshiw pomidor pastasi | |
ta'bga qarab qora murch | |
3 osh qoshiq suv | |
yirik tuz |
Tog'orachaga unni elab solamiz, ustidan sariyog'ni solib, aralashtiramiz.
Rayhon, pomidor pastasi va murchni solamiz, suvni quyamiz va qattiqroq xamir qoramiz. Ustini yopib, 30 daqiqa sovutgichga olib qo'yamiz.
Gaz pechini 180 C darajaga yoqamiz, gaz patnisiga pergament qog'ozdan to'shaymiz.
Stol ustiga un sepib, xamirni 2 mm yupqalikda yoyamiz, sanchiqda bir nechta joyini teshamiz, so'ng 3x3 sm kattalikda to'rtburchak shakllarda kesib chiqamiz va patnisga teramiz.
Ustiga tuxumda surtib, yirik tuzdan sepamiz.
15 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
180 gramm un | |
30 gramm yumshatilgan sariyog' | |
3 osh qoshiq mayda to'g'ralgan rayhon | |
2 osh qoshiw pomidor pastasi | |
ta'bga qarab qora murch | |
3 osh qoshiq suv | |
yirik tuz |