fbpx
  • Asosiy
  • Nonushtalar
  • Lanchboks uchun g’oya: Dudlangan mol go’shti va pishloqli maffinlar
Lanchboks uchun g’oya: Dudlangan mol go’shti va pishloqli maffinlar

Lanchboks uchun g’oya: Dudlangan mol go’shti va pishloqli maffinlar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Maktab tanaffuslari juda qisqa, maktab oshxonasida esa bolalar yoqtirgan taom har doim ham topilavermaydi. Shu sabab ham foydali yegulik tayyorlash haqidagi o’y har doim tinchlik bermaydi.

Bolalar iste’mol qiladigan yegulik tez hazm bo’ladigan va ozuqaviy bo’lib, o’zida oqsillar, yog’lar va uglevodlarni saqlashi kerak.

Ichimlik sifatida esa gazlanmagan suvlardan, qo’shimcha «shirinlik» sifatida esa «Rastishka» tvoroglaridan berish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu brend ostida ishlab chiqariladigan tvorog va yogurtlar yangi sog’ilgan sut va mevali pyuredan tayyorlanib, qo’shimcha vositalar qo’shilmaydi.

Lanchboksga solsa bo’ladigan yeguliklar

— vetchina va pishloqli maffinlar
— bitta tuxum
— bodring bo’lakchasi
— yong’oqlar
— qurutilgan mevalar
— yogurt.

Masalliqlar:

100 gramm mol go'shtidan vetchina yoki dudlangan go'sht
100 gramm qattiq pishloq
150 millilitr sut
100 gramm margarin yoki sariyog'
2 ta tuxum
280-300 gramm un
1,5 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz
Qadam 1
Tugallandi

Vetchina va pishloqni to'rtburchak qilib to'g'rab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tog'oracha tuxum va tuzni solib venchikda ko'pirtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xona haroratidagi sutni solib aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

So'ng xona haroratidagi yumshagan sariyog'ni solib aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Aralashmaga to'g'ralgan pishloq va vetchinani solamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Un va qabartmani ham elab solamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tezda aralashtirib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Xamirni maffinlarga mo'ljallanilgan 12 dona qolipchalarga quyamiz.

Qadam 9
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 25-30 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Bunday maffinlarni issiqligida yesa juda mazali. Sovigan vaqtida ham yoqimli ta'mga ega.

Reklama huquqi asosida.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

100 gramm mol go'shtidan vetchina yoki dudlangan go'sht
100 gramm qattiq pishloq
150 millilitr sut
100 gramm margarin yoki sariyog'
2 ta tuxum
280-300 gramm un
1,5 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz
oldingi
Lanchboks uchun g’oya: pishloq va tovuq solingan rogaliklar
keyingi
Yeryong’oq va bananli batonchalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.