Samolyotda kasaletkalarda tortiladigan taom
Masalliqlar:
-
2-3 ta tovuq sonlari
-
2 ta olma
-
100 gramm sabzi
-
200 gramm kartoshka
-
100 gramm yangi uzilgan qo'ziqorinlar
-
ta'bga qarab oregano
-
ta'bgab qara tuz va murch
-
2 osh qoshiq mayonez
-
4 osh qoshiq apelsin sharbati
-
4 dona kasaletkalar
Yo’nalishlar
Bugun sabzavot va tovuq go’shtidan tayyorlaniladigan, asosan samolyot bortida tortiladigan taom retseptini sizlarga taqdim etamiz.
Bu taomning ijobiy tomoni shundaki, ichidagi masalliqlarni oila a’zolaringizning xohishiga qarab solishingiz mumkin.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 24 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
2-3 ta tovuq sonlari | |
2 ta olma | |
100 gramm sabzi | |
200 gramm kartoshka | |
100 gramm yangi uzilgan qo'ziqorinlar | |
ta'bga qarab oregano | |
ta'bgab qara tuz va murch | |
2 osh qoshiq mayonez | |
4 osh qoshiq apelsin sharbati | |
4 dona kasaletkalar |
Tovuq sonlarini yuvib, qog'oz sochiqda quritamiz va po'stidan ajratib olamiz. Tuz va murch sepib, mayonez surtib qo'yamiz.
Har bir tovuq oyog'ini o'rtasidan teng ikkiga bo'lamiz. Go'sht bo'laklarini kasaletkalarga bo'lib solamiz.
Po'stidan archilgan sabzini xohlagan usulda to'g'rab, tovuqlarning ustidan solib chiqamiz.
Kartoshkani ham xuddi shunday ishlatamiz.
Qo'ziqorinlarni o'rtacha kattalikda to'g'rab, ularni ham kasaletkalarga solib chiqamiz.
Muhim! Agarda kimdir qo'ziqorinni yoqtirmasa, unda kasaletkalarning birontasiga undan solmang, va ustiga qo'ziqorin solinmagan deb yozib qo'ying, shunda ajratib olish oson bo'ladi.
Olmani teng to'rtga bo'lamiz, anakchalaridan tozalaymiz, po'stini archib tashlamaymiz.
Har bir kasaletkaga 2 ta bo'lakdan olma solamiz.
Ziravorlarni solamiz: oregano, tuz va murch.
Har bir kasaletkaga 1 osh qoshiqdan apelsin sharbati quyib chiqamiz.
Qopqog'ini yopamiz, agar qopqog'i bo'lmasa, unda folga bilan yoping,
190 C darajada qizdirilgan gaz pechida 60 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pishgandan so'ng, salat yoki gazak bilan birga dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
2-3 ta tovuq sonlari | |
2 ta olma | |
100 gramm sabzi | |
200 gramm kartoshka | |
100 gramm yangi uzilgan qo'ziqorinlar | |
ta'bga qarab oregano | |
ta'bgab qara tuz va murch | |
2 osh qoshiq mayonez | |
4 osh qoshiq apelsin sharbati | |
4 dona kasaletkalar |