fbpx
Videoretsept: Ko’za sho’rva

Videoretsept: Ko’za sho’rva

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Ko’za sho’rva eng mazali, tobida qaynab pishgan taomlardan biridir. Ko’zachalarda pishirilgan sho’rva ta’mi oddiy qozonda pishirilganidan keskin farq qiladi.

Quyidagi masalliqlardan tayyorlaniladigan sho’rva uchun bizga ikkta 500 millilitrli ko’zachalar kerak bo’ladi.

Bu sho’rva uchun mahsulotlarni katta-katta to’g’rash shart.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 17 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

200-300 gramm qo'y yoki mol g'shti
2 ta o'rtacha kartoshka
2 dona sabzi
1 ta bulg'or qalampiri
1 dona pomidor
1 bosh piyoz
4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga qarab yangi uzilgan makkajo'xori
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
2 dona lavr yaprog'i
4 ta qora murch donachalari
ta'bga qarab tuz
bir chimdim zira
birga tortish uchun to'g'ralgan ko'katlar
Qadam 1
Tugallandi

Ko'zachalar va kerakli masalliqlarni tayyorlab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Barcha sabzavotlarni yuvib, po'stini archamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ko'zachalarga go'sht bo'lakchalaridan qo'yib chiqamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ustidan to'g'ralgan sabzi, kartoshka, piyoz, bulg'or qalampiri, makkajo'xori, pomidor va sarimsoqpiyoz tishchalarini solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Barcha ziravorlar: tuz, murch, zira va lavr yaproqchalarini solamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tepasida 1,5 sm joy qolguniga qadar suv quyamiz va o'simlik yog'idan ham solamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Qopqog'ini yopib, sovuq gaz pechiga solamiz va undan so'nggina uni qizdiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Sho'rvani 180 C - 190 C darajada qizdirilgan gaz pechida 2 soat davomida pishiramiz. Pishgandan so'ng 15 daqiqa tindirib qo'yib, undan so'nggina iste'mol qilamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

200-300 gramm qo'y yoki mol g'shti
2 ta o'rtacha kartoshka
2 dona sabzi
1 ta bulg'or qalampiri
1 dona pomidor
1 bosh piyoz
4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga qarab yangi uzilgan makkajo'xori
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
2 dona lavr yaprog'i
4 ta qora murch donachalari
ta'bga qarab tuz
bir chimdim zira
birga tortish uchun to'g'ralgan ko'katlar
oldingi
Uyda tayyorlanilgan shaurma
keyingi
Yeryong’oqli asosli pechenyelar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.