Qaynatilgan quyultirilgan sut solib pishirilgan maffinlar
Masalliqlar:
-
275 gramm un
-
80 gramm shakar
-
1 dona tuxum
-
200 millilitr o'simlik yog'i
-
1 ta o'ramcha vanilin
-
1,5 choy qoshiq qabartma
-
0,5 banka qaynatilgan quyultirilgan sut
-
200 millilitr sut
-
1/4 choy qoshiq tuz
Yo’nalishlar
Bugun qaynatilgan quyultirilgan sut solib pishiriladigan juda mazali maffinlar retseptini taqdim etamiz. Bunday pishiriqlar, ayniqsa bolajonlarga juda yoqadi.
Quyidagi masalliqlardan 12 dona maffinlar hosil bo’ladi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 15 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
275 gramm un | |
80 gramm shakar | |
1 dona tuxum | |
200 millilitr o'simlik yog'i | |
1 ta o'ramcha vanilin | |
1,5 choy qoshiq qabartma | |
0,5 banka qaynatilgan quyultirilgan sut | |
200 millilitr sut | |
1/4 choy qoshiq tuz |
Tog'orachaga shakar va tuxum oqini solib, oqarguniga qadar ko'pirtiramiz.
Ko'pirtirishda davom etib, sutni solamiz.
So'ng yog' va vanilinni solamiz.
Tuz va qabartma bilan elangan unni solamiz.
Xamirni yaxshilab aralashtrib olamiz.
Maffinlarga mo'ljallanilgan qolipchalarga qog'ozli qolipchalardan solib chiqamiz.
Qolipchalar ichiga 1 osh qoshiq xamirdan solamiz.
Ustidan kichkina qoshiqda, qaynatilgan quyultirilgan sutdan 1 choy qoshiqdan solib chiqamiz va yana ustidan 1 os qoshiq xamir quyamiz.
180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
275 gramm un | |
80 gramm shakar | |
1 dona tuxum | |
200 millilitr o'simlik yog'i | |
1 ta o'ramcha vanilin | |
1,5 choy qoshiq qabartma | |
0,5 banka qaynatilgan quyultirilgan sut | |
200 millilitr sut | |
1/4 choy qoshiq tuz |