fbpx
Apelsin sharbatidan tayyorlanilgan sufle

Apelsin sharbatidan tayyorlanilgan sufle

Masalliqlar:

  • Karameliga:

Yo’nalishlar

Biron bir mazali shirinlik tayyorlashni istaysiz-u, lekin gaz pechini yoqib, un bilan ishlashni xohlamaysizmi? Bu issiq kunlarda qovun-tarvuz va mevalardan boshqasini xohlamaymiz. Bugun shunday mevalarning biridan mazali va yaxna sufle tayyorlaymiz.  Bu ispancha shirinlikni Ispaniyada Flan de naranja deb ataladi. Tayyorlang va yaqinlaringizni mazali shirinlik bilan siylang!

Masalliqlar:

250 millilitr apelsin sharbati
100 gramm qaymoq
100 millilitr sut
175 gramm quyurtirilgan sut
7 gramm jelatin
Karameliga:
3 osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq suv
Qadam 1
Tugallandi

Avval karamelni tayyorlab olamiz. Qozonchaga shakar va suvni solamiz. O'rta olovga qo'yamiz, lekin qoshiq bilan aralashtiramiz. Qizg'ish karamel rangga kirgunicha qaynatamiz. Agarda siz sal taxirroq bo'lishini xohlasangiz, unda ko'proq qaynating. Agarda siz shirin karamelni yoqtirsangiz, unda karamelni qizartirib yubormang.

Qadam 2
Tugallandi

Sufleni soladigan qolipga shakarli karamelni solamiz va sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Apelsin sharbatini siqib olamiz yoki tayyor sharbat ishlatamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Jelatinni sovuq suvga ivitib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Toza qozonchaga sut, qaymoq va quyultirilgan sutni solamiz. O'rta olovga qo'yamiz. Tinmasdan kovlab turib, qaynash darajasiga keltiramiz. So'ng gaz ustidan olib, jelatinni solamiz. Aralashmani sovutib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Ustidan apelsin sharbatini solamiz va aralashtirib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Karamel solingan qolipni sovutgichdan olamiz va ustidan sufleni solamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Sufleni 4-5 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 9
Tugallandi

So'ng sufleni olib, pichoq bilan qolipidan ajratamiz va ag'darib, dasturxonga tortamiz. Yoki qolipni 15 soniya issiq suv solingan idishga solib olsak ham, sufleni ajratib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Azizlar, barcha yangiliklardan birinchi xabardor bo'lishni istasangiz, unda hoziroq sahifamizning o'zbek tilidagi telegram kanaliga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

250 millilitr apelsin sharbati
100 gramm qaymoq
100 millilitr sut
175 gramm quyurtirilgan sut
7 gramm jelatin
Karameliga:
3 osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq suv
oldingi
Yogurtli muzqaymoq
keyingi
Italyancha salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.