fbpx
Videoretsept: nok qo’shib pishirilgan yogurtli pirog

Videoretsept: nok qo’shib pishirilgan yogurtli pirog

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Nok va yogurt qo’shib pishiriladigan bu pirog issiq choy bilan ichishga juda yaxshi! Bu pirog o’z navbatida juda yumshoq, mazali va noklar solinishi sabab ham, xushbo’y isli chiqadi.

Bu pirogni pishir-kuydirga uquvi yo’qlar ham bemalol tayyorlay oladi.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 20 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

200 gramm eritilgan sariyog'
175 gramm shakar
175 gramm un
6 osh qoshiq shakarsiz yogurt
3 ta tuxum
0,5 choy qoshiq qabartma
1 o'ramcha vanilin
bir chimdim tuz
3-4 dona nok
Qadam 1
Tugallandi

Tuxum bilan shakarni birga, shakar eriguniga qadar ko'pirtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Yogurtni solib aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Eritilgan sariyog', tuz, vanilinni solib aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Un bilan qabartmani elab solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni sariyog' surtilgan, aylanasi 18-20 sm li qolipga quyamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Noklarni to'g'rab xamir ustiga teramiz va shakardan ozroq sepamiz.

Qadam 7
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 40-45 daqiqa pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Azizlar, barcha yangiliklardan birinchi xabardor bo'lishni istasangiz, unda hoziroq sahifamizning o'zbek tilidagi telegram kanaliga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

200 gramm eritilgan sariyog'
175 gramm shakar
175 gramm un
6 osh qoshiq shakarsiz yogurt
3 ta tuxum
0,5 choy qoshiq qabartma
1 o'ramcha vanilin
bir chimdim tuz
3-4 dona nok
oldingi
Paisley Salad Bar kafesidan retsept: qizil lavlagi va olmali salat
keyingi
Olchali pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.