Gaz pechida pishirilgan qatlama
Masalliqlar:
-
700 gramm un
-
250 millilitr iliq suv
-
1 dona tuxum
-
1,5 choy qoshiq tuz
-
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
350 gramm eritilgan oq yog' va margarin
-
1 dona tuxum sarig'i
Yo’nalishlar
Ko’pchilikning sevimli yeguligi sanalmish qatlamali nondan bizlar bilan birga tayyorlashni maslahat beramiz. Qaymoq yoki issiq choy bilan u ajoyib nonushta bo’lsa, qaynatma sho’rva bilan esa to’yimli tushlikka aylanishi aniq.
Quyidagi masalliqlardan 2 ta qatlama hosil bo’ladi.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 7 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
700 gramm un | |
250 millilitr iliq suv | |
1 dona tuxum | |
1,5 choy qoshiq tuz | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
350 gramm eritilgan oq yog' va margarin | |
1 dona tuxum sarig'i |
Iliq suvga tuz solib aralashtiramiz.
Elangan unning ustidan tuxum va tuzli suvni solib, o'rtacha yumshoqlikdagi xamir qoramiz.
Xamirni teng ikkiga bo'lamiz, aylana shaklga kiritib, ustiga o'simlik yog'idan ozroq surtib, 30 daqiqaga tindirib qo'yamiz.
Xamirni bittasini olib, 1-2 mm qalinlikdagi juda ham yupqa qilib yoyamiz.
Eritilgan yog' yoki margarinning yarmini surtamiz.
Xamirni ko'ndalangiga 10 sm qalinlikdagi lentalarga kesib chiqamiz.
Kesilgan lentalarning bir tomonidan boshlab xamirni ruletga o'xshatib o'rab chiqamiz. Mana shunday qilib, hamma xamirlardan bitta qalin rulet yasab olamiz.
Ikkinchi xamir bo'lagini ham xuddi shunday yoyib, yog' surtib, ruletsimon o'rab chiqamiz.
So'ng ikkalasini ham 40 daqiqaga muzlatgichga olib qo'yamiz.
So'ng har bir xamirni 1,5-2 sm qalinlikda yoyib, aylana shakldagi qatlama hosil qilamiz.
Ustiga tuxum sarig'ini surtib, sanchiqda bir necha joyini teshamiz va 200 C darajada qizdiriilgan gaz pechida 50-60 daqiqa davomida qizargunicha pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!
Azizlar, barcha yangiliklardan birinchi xabardor bo'lishni istasangiz, unda hoziroq sahifamizning o'zbek tilidagi telegram kanaliga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
700 gramm un | |
250 millilitr iliq suv | |
1 dona tuxum | |
1,5 choy qoshiq tuz | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
350 gramm eritilgan oq yog' va margarin | |
1 dona tuxum sarig'i |