Uyg’urcha lag’mon
Masalliqlar:
-
500 gramm qo'y yoki mol g'shti
-
2 ta piyoz
-
5 ta barg pekin karami
-
3 ta qizil bulg'or qalampiri
-
2 ta yashil bulg'or qalampiri
-
1 ta kichikroq Daykon turpi
-
2 bog' selderey
-
1 bosh sarimsoqpiyoz
-
4 ta katta pomidor
-
ta'bga qarab achchiq qalampir
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
-
1 osh qoshiq pomidor pastasi
Yo’nalishlar
Uyg’urcha lag’mon ko’pchilikning sevimli taomi bo’lib, lekin uning tayyorlanish usullari shu qadar ko’p va turlicha bo’lib, bugun sizlarga uning eng mazali retseptini taqdim etishga harakat qilamiz.
Buning uchun bizlar tayyor lag’mondan foydalanamiz, chunki lag’mon cho’zish, bilganimizdek ko’proq vaqtni talab qiladi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 32 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
500 gramm qo'y yoki mol g'shti | |
2 ta piyoz | |
5 ta barg pekin karami | |
3 ta qizil bulg'or qalampiri | |
2 ta yashil bulg'or qalampiri | |
1 ta kichikroq Daykon turpi | |
2 bog' selderey | |
1 bosh sarimsoqpiyoz | |
4 ta katta pomidor | |
ta'bga qarab achchiq qalampir | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
1 osh qoshiq pomidor pastasi |
Go'shtni uzunchoq to'g'rab yog' qizdirilgan tovada qovurib olamiz.
Piyozni ham mayda to'g'rab, go'sht ustidan solamiz va birgalikda 10 daqiqa qovuramiz.
Pomidorlarni po'stini archib, to'rtburchak qilib to'g'raymiz va kosaga solamiz. Ustidan mayda to'g'ralgan sarimsoqpiyoz va pomidor pastasini solib aralashtiramiz va chetga olib qo'yamiz.
Karamni qattiq joyini kattaroq to'g'rab, go'sht ustidan solib, birga qovuramiz.
Bulg'or qalampiri va turpni ham o'rtacha to'g'rab, qozonga solamiz va 5 daqiqacha qovuramiz.
So'ng pomidorli aralashmani solib, birga baland olovda qovuramiz.
Selderey poyasini to'g'rab solamiz. Agarda siz achchiq ta'mni yoqtirsangiz unda achchiq qalampirni ham shu bosqichda soling.
Qozonga 120 millilitr qaynagan suv solib, 10 daqiqa dimlab pishiramiz.
So'ng tayyor lag'monni likopchaga solamiz va ustidan sabzavotli aralashmasini solib, dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
500 gramm qo'y yoki mol g'shti | |
2 ta piyoz | |
5 ta barg pekin karami | |
3 ta qizil bulg'or qalampiri | |
2 ta yashil bulg'or qalampiri | |
1 ta kichikroq Daykon turpi | |
2 bog' selderey | |
1 bosh sarimsoqpiyoz | |
4 ta katta pomidor | |
ta'bga qarab achchiq qalampir | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
1 osh qoshiq pomidor pastasi |