Videoretsept: Makkajo’xori solib pishirilgan tovuqli sate
Masalliqlar:
-
400 gramm tovuq go'shti (lahm)
-
1 banka konservalangan makkajo'xori
-
1 dona qizil bulg'or qalampiri
-
1 bosh piyoz
-
1 dona sariq bulg'or qalampiri
-
150 gramm yashil loviya
-
ta'bga qarab tuz
-
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
-
4 osh qoshiq o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Tovuqli sate – yarim soat ichida tayyorlaniladigan juda oddiy va mazli taom hisoblanadi. Sabzavotlarni xohishga qarab o’zgartirish ham mumkin.
«Sate» fransuzcha «saute»so’zidan oligan bo’lib, sakrash degan ma’noni anglatar ekan. Chunki bu taomni tayyorlayotganda tovadagi masalliqlar har zamon tepaga uloqtirib aralashtiriladi.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 25 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
400 gramm tovuq go'shti (lahm) | |
1 banka konservalangan makkajo'xori | |
1 dona qizil bulg'or qalampiri | |
1 bosh piyoz | |
1 dona sariq bulg'or qalampiri | |
150 gramm yashil loviya | |
ta'bga qarab tuz | |
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
4 osh qoshiq o'simlik yog'i |
Tovuq go'shtini qog'oz sochiqda artib, mayda bo'laklarga bo'lib olamiz.
Qozonga 2 osh qoshiq o'simlik yog'i solamiz, tovuq go'shtini solib, pishgunicha qovurib olamiz.
Tuz va paprikani solib aralashtiramiz, likopchaga olib qo'yamiz.
Piyozni mayda to'g'rab olamiz, bulg'or qalampirini uzunchoq qilib to'g'raymiz, yashil loviyani ham to'g'rab olamiz.
Qozonga qolgan yog'ni solib avva piyozni qovuramiz, ustidan bulg'or qalampiri va yashil loviyani solib, 3-5 daqiqa aralashtirib qovuramiz.
Makkajo'xorini ortiqcha suvini to'kib, o'zini sabzavotlarning ustidan soling.
Yana ozroq sabzavotlarni qovurib pishiring, so'ng ustidan pishgan tovuqni solib aralashtiring va likopchalarga solib, iste'mol qiling. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
400 gramm tovuq go'shti (lahm) | |
1 banka konservalangan makkajo'xori | |
1 dona qizil bulg'or qalampiri | |
1 bosh piyoz | |
1 dona sariq bulg'or qalampiri | |
150 gramm yashil loviya | |
ta'bga qarab tuz | |
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
4 osh qoshiq o'simlik yog'i |