Baqlajonli yelpig’ichlar
Masalliqlar:
-
2 ta baqlajon
-
300 gramm pomidor
-
200 gramm qattiq pishloq
-
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
yarim bog' shivit
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
200 gramm smetana
Yo’nalishlar
Baqlajonlardan tayyorlaniladigan bugungi mazali taomimiz sizlarga yelpig’ichni eslatsa ajab emas.
Baqlajon juda foydali sabzavot bo’lib, u quydagi vitaminlarni o’zida saqlaydi: kaliy, РР vitaminlari, В, С guruh vitaminlari, karotin, kalsiy, fosfor, natriy, magniy, asal va temir. Bundan tashqari baqlajon juda mazali bo’lib, u past kaloriyaligi sabab ham, parhezbop mahsulot sanaladi.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 15 000 so’p pul sarflaysiz.*
Mahsulot narxi manba chop etilgan vaqtgagina ama qiladi.
Masalliqlar:
2 ta baqlajon | |
300 gramm pomidor | |
200 gramm qattiq pishloq | |
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
yarim bog' shivit | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
200 gramm smetana |
Baqlajonlarni teng ikkiga bo'lamiz.
Har bir kesilgan baqlajondan uzun chiziqlar kesib chiqamiz. Faqat usti taxminan 2 sm cha qolsing, kesilib ketmasin.
So'ng tuz sepib, 5-10 daqiqa qoldiramiz.
Pishloqni yupqa parrak qilib, pomidorlarni esa yarim oy qilib to'g'rab olamiz.
Qayla
Smetanaga shivit va sarimsoqpiyozni mayda to'g'rab solamiz, tuz va murch sepib aralashtirib olamiz.
Pergament qog'oz to'shalgan patnisga baqlajonlarni terib chiqamiz.
Baqlajonning har bir bo'lagiga pomiror va pishloq terib chiqamiz.
Ustiga esa qayladan surtib chiqamiz.
180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 40 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
2 ta baqlajon | |
300 gramm pomidor | |
200 gramm qattiq pishloq | |
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
yarim bog' shivit | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
200 gramm smetana |