Pishirilgan gulkaram
Masalliqlar:
-
1 bosh gulkaram
-
1 choy qoshiq karri ziravori
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
1 osh qoshiq zaytun moyi
-
100 millilitr suv
-
Sarimsoqpiyozli qaylasiga:
-
3 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
-
2-3 shoxcha shivit
-
2-3 shoxcha petrushka
-
2 shoxcha timyan
-
bir chimdim tuz
-
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Foydali sabzavotlarni sevib iste’mol qiluvchilar uchun pishirilgan gulkaram juda ypqsa kerak. Gulkaram vitamin va minerallarga boy bo’lib, tezda hazm bo’ladi.
Butunligicha pishiriladigan gulkaram oson tayyorlaniladi va bunda sizga hech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 5 000 so’m sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
1 bosh gulkaram | |
1 choy qoshiq karri ziravori | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
1 osh qoshiq zaytun moyi | |
100 millilitr suv | |
Sarimsoqpiyozli qaylasiga: |
|
3 dona sarimsoqpiyoz tishchasi | |
2-3 shoxcha shivit | |
2-3 shoxcha petrushka | |
2 shoxcha timyan | |
bir chimdim tuz | |
3 osh qoshiq o'simlik yog'i |
Gulkaramni yuvib, barglarini olib tashlaymiz, sochiq bilan quritib, toblatmaga mo'lallangan idishga solamiz.
Tuz, ziravorlar va yog'ni bitta idishga solib aralashtiramiz va gulkaramni ustiga surtamiz.
Suvni ham karam solingan qolipga quyamiz va 200 ° С gacha qizdirilgan gaz pechida 40-45 daqiqa davomida qizartirib pishirib olamiz.
Sarimsoqpiyoz va barcha ko'katlarni mayda to'g'rab olamiz.
Ularni tuz va sarimsoqpiyoz bilan aralashtiramiz.
Pishgan karamni gaz pechidan olib, ustiga sarimsoqpiyozli araashma surtamiz.
Bunday yegulikni issiqligida ham, soviganda ham tortish mumkin. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 bosh gulkaram | |
1 choy qoshiq karri ziravori | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
1 osh qoshiq zaytun moyi | |
100 millilitr suv | |
Sarimsoqpiyozli qaylasiga: |
|
3 dona sarimsoqpiyoz tishchasi | |
2-3 shoxcha shivit | |
2-3 shoxcha petrushka | |
2 shoxcha timyan | |
bir chimdim tuz | |
3 osh qoshiq o'simlik yog'i |