fbpx
Porey piyozi solib pishirilgan pirog

Porey piyozi solib pishirilgan pirog

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Porey piyozi bilan tayyorlaniladigan pirogni kefirda qoriladigan oddiy xamir bilan tayyorlasa ham bo’ladi. Bu pirogni nonushtada ham, tushlik yoki kechki ovqat sifatida tayyorlasangiz ham bo’ladi.

Bu pishiriqqa garchi piyoz solinsa ham, uning ta’mi umuman bilinmaydi.

Masalliqlar:

1 poy porey piyozi
230 millilitr kefir
3 ta tuxum
180 gramm un
30 millilitr zaytun moyi
45 gramm qattiq pishloq
5 gramm qabartma
40 gramm sariyog'
ta'bga qarab tuz
Qadam 1
Tugallandi

Porey piyozini yaxshilab yuvib, uchini kesib tashlaymiz va 2-3 mm qalinlikda parrak qilib to'g'raymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tovaga o'simlik yog'i surtamiz, so'ng sariyog' bo'lakchalarini solib eritamiz. Ichiga to'g'ralgan piyozlarni solib, tuz sepamiz va yumshaguniga qadar dimlaymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tog'orachaga kefirni solamiz. Bir chimdimdan tuz va shakar upasi sepamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ustidan tuxumlarni chaqib solamiz va venchikda 1 daqiqagina ko'pirtirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Un va qabartmani birga elab, suyuqlik ichiga solamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Ustidan zaytun yog'i yoki oddiy o'simlik yog'i solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Ustidan qovurilgan piyozni yog'i bilan birgalikda solamiz. Pishloqni to'rtburchak qilib to'g'rab solamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Qolipga sariyog' surtamiz va xamirimizni quyamiz.

Qadam 9
Tugallandi

185 C haroratda qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 poy porey piyozi
230 millilitr kefir
3 ta tuxum
180 gramm un
30 millilitr zaytun moyi
45 gramm qattiq pishloq
5 gramm qabartma
40 gramm sariyog'
ta'bga qarab tuz
oldingi
Limonad
keyingi
Ayron

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.