Limon va mak qo’shib pishirilgan keks
Masalliqlar:
-
175 gramm un
-
1 choy qoshiq qabartma
-
175 gramm sariyog'
-
175 gramm shakar
-
3 ta tuxum
-
2 ta limon
-
40 gramm mak
-
Qiyomiga:
-
100 gramm shakar
-
2 ta limon
-
50 gramm mak
Yo’nalishlar
Bugun o’zgacha ko’rinishli, ammo juda ham mazali chiqadigan keks tayyorladik. Limon va mak solib tayyorlanilgan bu keks, dasturxoningizga ko’rk bag’ishlashi aniq.
Makni yoqtirmaydiganlar esa, undan solmasliklari ham mumkin.
Taomga taxminan sarflaniladigan pul – 27 000 so’m.*
*narx manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.
Masalliqlar:
175 gramm un | |
1 choy qoshiq qabartma | |
175 gramm sariyog' | |
175 gramm shakar | |
3 ta tuxum | |
2 ta limon | |
40 gramm mak | |
Qiyomiga: |
|
100 gramm shakar | |
2 ta limon | |
50 gramm mak |
Tog'orachaga un va qabartmani elab olamiz.
Xona haroratidagi sariyog'ni bo'laklarga bo'lib, un ustidan solamiz.
Ikkita limonni faqat sariq po'stini qirg'ichdan chiqarib olamiz. 40 gramm sharbatini ham siqib olamiz.
Un solingan idishga limon po'sti, sharbati va shakarni solamiz.
So'ng 3 ta tuxum va 40 gramm mak solamiz.
Mikser yordamida yaxshilab aralashtirib olamiz.
Xamir anchagina quyuqroq bo'ladi, agarda uni aralashtirish qiyinchilik tug'dirsa, unda unga 2-3 osh qoshiq sut soling.
Aylanasi 18 sm li qolip olamiz, tubiga pergament qog'oz to'shab, chetlariga sariyog' surtamiz.
Qoshiq yordamida ustini tekislab olamiz.
170 C darajada qizdirilgan gaz pechiga qolipimizni qo'yamiz va 30-40 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Keksni pishganligini gugurtcho'p bilan tekshirib ko'ramiz.
Keks pishgunicha limonli qiyomni tayyorlab olamiz.
Buning uchun ikkita keksning po'stini qirg'ichdan c hiqarib olamiz, sharbatini ham siqib olamiz,
Qozonchaga shakar, limon po'sti va sharbatini solib, olov ustiga qo'yamiz. Shakar eriguniga qadar aralashtirib turamiz, so'ng g'alvirga solib, qiyomni o'zini ajratib olamiz.
Qolipdan olmasdan, gugurtcho'p yordamida keksni ustini bir necha joyini teshib chiqamiz.
So'ng issiqligida ustidan qiyomimizni quyib olamiz.
Keks sovigandan so'ng qolipdan olamiz va ta'bga qarab ustiga makdan sepamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.