«Olivye» salati
Masalliqlar:
-
3 ta kartoshka
-
3 ta qizil sabzi
-
4-5 ta tuxum
-
350 gramm qaynatilgan kolbasa
-
1 banka konservalangan yashil no'xot
-
4-5 ta marinadlangan bodring
-
yarim bog' shivit
-
250 gramm mayonez
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Eng mazali va ko’pchilikning ajralmas salatlaridan biri bu «Olivye» salatidir. Bunday salatsiz hech qaysi bayramni, ayniqsa yangi yil oqshomini tasavvur etolmaymiz.
Bu salatni tayyorlashning usullari juda ko’p bo’lib, bugun sizlarga shulardan eng ishonchlisini taqdim qilamiz.
Tayyor yegulikka sarflangan pul taxminan — 34 500 so’m.*
*mahsulot narxi manba chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.
Masalliqlar:
3 ta kartoshka | |
3 ta qizil sabzi | |
4-5 ta tuxum | |
350 gramm qaynatilgan kolbasa | |
1 banka konservalangan yashil no'xot | |
4-5 ta marinadlangan bodring | |
yarim bog' shivit | |
250 gramm mayonez | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Sabzi va kartoshkani qaynatib olamiz.
Tuxumni alohida idishda qaynatamiz. Qaynash boshlanganidan so'ng, 10 daqiqa qaynatishning o'zi yetarli.
Qaynatgan masalliqlarimizni po'stidan tozalab, to'rtburchak shaklda to'g'rab olamiz.
Qaynatilgan kolbasa va marinadlangan bodringlarni ham to'rtburchak shaklda to'g'raymiz.
Hammasini kattaroq idishga solamiz, ustidan yashil no'xat, to'g'ralgan ko'katlar, mayonez, tuz va murch solamiz va aralashtiramiz. Likopchaga solib, dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
3 ta kartoshka | |
3 ta qizil sabzi | |
4-5 ta tuxum | |
350 gramm qaynatilgan kolbasa | |
1 banka konservalangan yashil no'xot | |
4-5 ta marinadlangan bodring | |
yarim bog' shivit | |
250 gramm mayonez | |
ta'bga qarab tuz va murch |