Qulupnay va shokoladli ganashdan tayyorlanilgan tartaletkalar
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
200 gramm un
-
1 osh qoshiq shakar
-
0,5 choy qoshiq tuz
-
125 gramm sariyog'
-
1,25 osh qoshiq limon sharbati
-
Shokoladli ganash uchun:
-
2 ta plitka qora shokolad
-
200 millilitr yog'li qaymoq
-
bezash uchun qulupnay
Yo’nalishlar
Mana bozor rastalari yorqin rangli qulupnaylar bilan ko’zni quvontirayotgan bir paytda ajoyib tartaletkalarni pishirmaslikni iloji yo’q.Shokoladli ganash va qulupnaylar esa ajoyib uyg’unlikdir.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
200 gramm un | |
1 osh qoshiq shakar | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
125 gramm sariyog' | |
1,25 osh qoshiq limon sharbati | |
Shokoladli ganash uchun: |
|
2 ta plitka qora shokolad | |
200 millilitr yog'li qaymoq | |
bezash uchun qulupnay |
Bo'laklarga bo'lingan sariyog'ni solamiz va qo'lda yaxshilab ishqalab olamiz.
Limon sharbati va suvni aralashtiramiz va unli aralashmaga solamiz. Tezda xamir qoramiz va aylana shaklga keltiramiz.
Xamirni yelim qog'ozga solib, 30 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.
So'ng xamirlarni olib, kerakli bo'lakchalarga bo'lamiz. Tartaletkalar qolipchalariga xamirlarni yoyib qo'yamiz. Agar sizda tartaletkalar uchun qolipchalar bo'lmasa, unda uni bitta katta qolipda qiling. Xamirning bir necha joyiga sanchiq bilan teshib chiqamiz, bunda xamir ko'tarilib, xunuk holatga kirmaydi. Xamir yoyilgan qolipni 30 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz. So'ng qoliplarning ichiga yuk (guruch, mosh yoki loviya) solib, 20 daqiqa 200 C da, so'ng yuksiz 10 daqiqa 160 C da pishirib olamiz.
Shokoladli ganash
Shokoladni suv bug'ida eritib olamiz va qaymoq solamiz. Yaxshilab aralashtirib, gaz pechi ustidan olamiz va sovutamiz.
Sovigan ganashni tartaletkalar ustidan solamiz va qulupnay bo'lakchalari bilan bezatamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
200 gramm un | |
1 osh qoshiq shakar | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
125 gramm sariyog' | |
1,25 osh qoshiq limon sharbati | |
Shokoladli ganash uchun: |
|
2 ta plitka qora shokolad | |
200 millilitr yog'li qaymoq | |
bezash uchun qulupnay |
1 Sharhlar Hide Comments
Ajoyib???