fbpx
SalSal restoranidan retsept: Xolvaytar shirinligi

SalSal restoranidan retsept: Xolvaytar shirinligi

Taomlari:

Masalliqlar:

  • Xolvaytar:

  • Xamiriga:

Yo’nalishlar

Bugun SalSal restorani o’z mualliflik retsepti bo’lmish xolvaytar shirinligini qanday tayyorlanilishini Zira.uz sahifasining a’zolari bilan bo’lishadi.

Xolvaytar so’zma-so’z suyuq xolva degan ma’noni bildiradi. Bu milliy shirinlik azal-azaldan beri tayyorlanib kelinadi. Bu shirinlik SalSal restoranida yangicha va noodatiy ko’rinishda qanday tayyorlanilishini esa, restoranning bosh oshpazi Farrux Ulug’jonov gapirib beradi.

Masalliqlar:

Xolvaytar:
100 gramm un
50 gramm sariyog'
20 gramm shakar
50 gramm anjirli qiyom
Xamiriga:
150 gramm un
50 millilitr sut
100 gramm sariyog'
10 gramm shakar
1-2 gramm apelsin po'sti
Qadam 1
Tugallandi

Xolvaytyar

Tovani qizdiramiz, unni solib to'q tillarangga kirgunicha qovurib olamiz. Tinmasadan aralashtirib turamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Ustidan 50 gramm shakar va 20 gramm anjirli qiyomni solamiz. Venchikda 2-3 daqiqa tinmasdan aralashtirib olamiz. Gazdan olamiz va sovutamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Sovigan xolvaytarni pishiriq qopchasiga solamiz va sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamiri

Bitta idishga un, sut, sariyog', shakar va apelsin po'stini solib aralashtiramiz va xamir qoramiz. 15 daqiqaga tindirib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni 0,5 sm qalinlikda yoyib olamiz va aylana qolipcha yordamida kesib chiqamiz.

160° C haroratda 12 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xolvaytarni sovutgichdan olamiz, pishgan korjlarimiz ustidan chiroyli quyib chiqamiz.

Dasturxonga tortishdan avval apelsin bo'laklari, yalpiz yaproqchalari, malinali qiyom quyib bezatamiz. Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xolvaytar:
100 gramm un
50 gramm sariyog'
20 gramm shakar
50 gramm anjirli qiyom
Xamiriga:
150 gramm un
50 millilitr sut
100 gramm sariyog'
10 gramm shakar
1-2 gramm apelsin po'sti
oldingi
Yangi kartoshkalardan ajoyib taom
keyingi
Lazanya

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.