fbpx
Yurakchasimon pechenyelar

Yurakchasimon pechenyelar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Yurakchasimon shakllardagi mazali va og’izda erib ketuvchi pechenyelardan tayyorlab ko’ring, sizga albatta yoqadi.

Tavsiya! Chiroyli qutichalarga qog’oz sochiqdan to’shab, ichiga yurakchasimon pechenyelardan soling va sevimli insonlaringizni ular bilan siylang.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 17 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

 

 

Masalliqlar:

190 gramm yumshatilgan sariyog'
75 gramm shakar upasi
bir chimdim tuz
1 choy qoshiq vanil shakari
1 ta tuxum oqi
225 gramm un
Qadam 1
Tugallandi

Yumshagan sariyog' ustidan shakar upasi, tuz va vanil shakarini sepib, mikserda ko'pirtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tuxum oqini solib, yana bir bor ko'pirtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Unni solib, aralashtirib olamiz. Xamirni qandolatchilik qopchasiga solamiz va pergament qog'oz ustiga siqib chiqaramiz. Xamirlarga xohlagan shaklni berib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

180 C darajada qizigan pechda 10-12 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • Oddiy
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

190 gramm yumshatilgan sariyog'
75 gramm shakar upasi
bir chimdim tuz
1 choy qoshiq vanil shakari
1 ta tuxum oqi
225 gramm un
oldingi
Sushi-tort
keyingi
Videoretsept: Kurka go’shtidan kavkazcha kabob

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.