Yupqa vaflilar
Masalliqlar:
-
2 tuxum
-
100 gramm shakar
-
100 gramm sariyog'
-
100-125 gramm bug'doy uni
-
1 choy qoshiq vanil shakari
Yo’nalishlar
Nihoyat onajonimning eski vaflipishirgichining yulduzli onlariga ham navbat yetib keldi. Axir unda ajoyib, qarsildoq va yupqa vaflilarni tayyorlasa bo’ladi.
Yupqa vaflilarni o’z holicha, buragach quyultirilgan sut, jem, yong’oqlar bilan ichini to’ldirib yesangiz, yoki ulardan muzqaymoq uchun non sifatida foydalansangiz bo’ladi. Albatta hammasi o’zingizga havola.
Tayyorlab ko’ramizmi?
Tayyor mahsulotimizga taxminan 8 000 so’m sarflanadi.
Masalliqlar:
2 tuxum | |
100 gramm shakar | |
100 gramm sariyog' | |
100-125 gramm bug'doy uni | |
1 choy qoshiq vanil shakari |
Idishda tuxumlar va shakarni ko'pirtirgich yordamida yaxshilab aralashtirib olamiz. So'ng issiq bo'lmagan eritilgan sariyog'ni quyamiz va yana yaxshilab atalaymiz.
Asta sekinlik bilan un va vanil shakarini qo'shib, xamir qoramiz. Xamirimiz quyuqligi xuddi quymoqlar uchun mo'ljallangan xamirdek bo'lishi lozim. Un biroz kamroq yoki biroz ko'proq sarflanishi mumkin.
Vaflipishirgichni qizdirib olib, kerak bo'lsa ichiga yog' suramiz. Har gal 1 osh qoshiqdan hamir solib, qizarib chiqqunicha pishiramiz.
Tayyor vaflilarni issiqligida naycha holatiga keltirib olamiz. Ichini o'z ta'bingizga qarab to'ldirsangiz bo'ladi.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
2 tuxum | |
100 gramm shakar | |
100 gramm sariyog' | |
100-125 gramm bug'doy uni | |
1 choy qoshiq vanil shakari |