Yeryong’oqli pastadan qilingan pechenyelar
Masalliqlar:
-
250 gramm yeryong'oq pastasi
-
150 gramm shakar
-
1 dona tuxum
-
ta'bga qarab tuz
Yo’nalishlar
Agarda siz biror marta yeryong’oqli pastadan tayyorlangan pechenyelardan ta’tib ko’rgan bo’lsangiz, unda ularning qanday mazali ta’mdaligini bilasiz.
Bunday pechenyelar ayniqsa bir stakan sut bilan yanada lazzatliroqdir. Endilikda bizlar ham ortiq qolgan pastani qayerga ishlatish kerakligini o’rganib oldik)
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 15 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
250 gramm yeryong'oq pastasi | |
150 gramm shakar | |
1 dona tuxum | |
ta'bga qarab tuz |
Idishga yeryong'oqli pasta, shakar, tuxum va tuzni solib, silliq holatga kirgunicha 2-3 daqiqa aralashtirib olamiz.
Aralashmani ikkita qoshiq yordamida yoki qo'limizni yog'lab, aylana shaklchalar yasab olamiz.
Pechenyelarni pergament qog'oz ustiga terib chiqamiz va qizigan pechda 10 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
250 gramm yeryong'oq pastasi | |
150 gramm shakar | |
1 dona tuxum | |
ta'bga qarab tuz |