Yeryong’oqli pasta
Masalliqlar:
-
500 gramm tozalangan yeryong'oq
-
2-3 osh qoshiq asal
-
bir chimdim tuz
-
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Mazali va foydali bo’lmish yeryong’oqli pastani uyda tayyorlash usulini bilasizmi? Bu juda ham oson. Bu borada qovurilgan yeryong’oq asosiy mahsulot sanaladi.
Bu juda xushbo’y va to’yimli shirinlik bo’lib, pechenye va nonga ham surtib yeyishga juda qulaydir. Bunday pastadan muzqaymoqqa qo’shib yeyishga ham juda yaxshi. Pishiriqlaringizga yeryong’oqli pasta qo’shib yangi ta’mlar yarating!
Masalliqlar:
500 gramm tozalangan yeryong'oq | |
2-3 osh qoshiq asal | |
bir chimdim tuz | |
1 osh qoshiq o'simlik yog'i |
Yeryong'oqli pasta tayyorlash uchun po'stlog'idan tozalangan va qovurilmagan yeryong'oq ishlatsak yaxshiroq.
Quritilgan mevalar sotiladigan rastalarda bunday yeryong'oqlarni topishingiz mumkin.
Gaz pechi patnisiga hech narsa surtmaymiz, yeryong'oqlarni bir tekis yoyib chiqamiz.
180 C da qizdirilgan gaz pechida 10 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Agar yeryong'oq tozalanmagan bo'lsa, unda uni ham xuddi shunday gaz pechida pishirib olamiz va sovutamiz.
Yeryong'oqlarni qo'lda ishqalab, po'stidan osonlikcha tozalaymiz.
Yeryong'oq to'qroq rangga kiradi.
Tozalangan yeryong'oqlarni blender idishiga solamiz.
Asal va tuz solamiz. Tuzni o'z xohishingizga qarab solishingiz mumkin.
Aralashma boshida kukunsimon bo'ladi, shu paytda o'simlik yog'ini solamiz.
Ta'bga qarab shokolad bo'lakchalaridan ham solishingiz mumkin. Unda siz shokolad-yeryong'oqli pasta tayyorlagan bo'lasiz.
Silliq massa hosil bo'lgunicha blenderda maydalayveramiz.
Pasta suyuqroq bo'lishini istasangiz o'simlik yog'ini ko'proq soling.
Tayyor pastanni bankaga solib qopqog'ini yopib qo'ying.
Bunday pastani sovutgichda 6 oygacha saqlash mumkin.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
500 gramm tozalangan yeryong'oq | |
2-3 osh qoshiq asal | |
bir chimdim tuz | |
1 osh qoshiq o'simlik yog'i |