fbpx
Xurmoli tryufellar

Xurmoli tryufellar

Masalliqlar:

  • Sepish uchun

Yo’nalishlar

Shokoladli shirinliklarni bolalar ham, kattalar ham birdek yoqtirishadi. Ularni o’zingiz tayyorlashingiz ham mumkin, bu siz o’ylagandek qiyin emas. Dasturxoningizni o’zingiz tayyorlagan noz-ne’matlar bilan bezatish baribir boshqachada!

Bugun sizlarga xurmodan mazali, shu bilan bir qatorda foydali tryufellar tayyorlashni o’rgatib o’tamiz. Bu shirinlikdagi xurmoning ajoyib ta’mi, shokolad va yong’oqning uyg’unligi sizni va yaqinlaringizni befarq qoldirmasligi aniq.

Masalliqlar:

300 gramm finik (eron xurmosi)
140 gramm yong'oq
25 gramm kakao kukuni
1 choy qoshiq vanil ekstrakti
bir chimdim tuz
Sepish uchun
kakao kukuni
maydalangan yong'oq
kakos qirindisi
Qadam 1
Tugallandi

Xurmolar qaynoq suvga botirib qo'yiladi va undan so'ng esa danagidan ajratiladi.

Qadam 2
Tugallandi

Yong'oq blenderda maydalaniladi, so'ng ustidan kakao, xurmo, vanil ekstrakti va tuz solinadi. Bir tekis holatga kirgunicha aralashtiriladi.

Qadam 3
Tugallandi

Hosil bo'lgan massadan koptokchalar yasaladi, kattaligi "rafaello" shirinligidek bo'lsin. So'ng ularni kakao, yong'oq va kakos qirindilariga belab olamiz.

Yuqoridagi masalliqlardan 15 dona konfet hosil bo'ladi.

Ularni sovutgichda saqlaymiz.

Yangi yil dasturxoningizda mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • 30 daqiqa
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

300 gramm finik (eron xurmosi)
140 gramm yong'oq
25 gramm kakao kukuni
1 choy qoshiq vanil ekstrakti
bir chimdim tuz
Sepish uchun
kakao kukuni
maydalangan yong'oq
kakos qirindisi
oldingi
Shvedcha pechenye
keyingi
Qorag’atli murabbodan pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.