fbpx
Viodeoretsept: ko’katli qatlama

Viodeoretsept: ko’katli qatlama

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Qatlama – mazali va to’yimli non hisoblanib, uni  tayyorlashning juda ko’p usullari mavjud. Uni pechda yoki tovada pishirish mumkin.

Nachinkaga kelsak, go’sht yoki ko’katlardan foydalanishingiz yoki hech nima solmasdan pishirishingiz ham mumkin.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 12 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
200 millilitr suv
1 choy qoshiq tuz
350 gramm un
50 millilitr o'simlik yog'i
qovurish uchun o'simlik yog'i
20 gramm yumshatilgan sariyog'
1 bog' ko'k piyoz
1 bog' shivit
1 bog' kashnich
Qadam 1
Tugallandi

Idishga un, tuz va suv solib, xamir qoramiz. So'ngra xamirni 6 ga bo'lamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Har bir bo'lakni o'simlik yog'iga botirib, likopchaga qo'yamiz. Ustini paket bilan yopib, 10 daqiqa tindiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ko'k piyoz, shivit va kashnichni mayda qilib to'g'raymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Har bir xamir bo'lagini yupqa qilib yoyib, yumshatilgan sariyog' surtamiz va ko'katlar sepamiz.

Qadam 5
Tugallandi

So'ngra videoda ko'rsatilganidek rulet shaklida o'raymiz.

Qadam 6
Tugallandi

Har bir ruletni 0,5-0,7 sm qalinlikda yoyamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tovani qizdirib, o'simlik yog'i quyamiz.

Qadam 8
Tugallandi

So'ngra qatlamalarni o'rtacha olovda qizargunicha ikki taraflama tahminan 5 daqiqadan qovurib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

ISHONCH do'konlar tarmog'i sizni uy-ro'zg'or buyumlarining katta tanlovi bilan quvontiradi.

Instagram-dagi rasmiy sahifa: @ishonchsavdouz
Rasmiy Telegram sahifasi: ISHONCH mijozlari
Rasmiy Facebook sahifasi: @ishonchsavdouz

reklama huquqi asosida

  • 1 soat 20 daqiqa
  • Portsiya 6
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
200 millilitr suv
1 choy qoshiq tuz
350 gramm un
50 millilitr o'simlik yog'i
qovurish uchun o'simlik yog'i
20 gramm yumshatilgan sariyog'
1 bog' ko'k piyoz
1 bog' shivit
1 bog' kashnich
oldingi
Videoretsept: somsa-sho’rva
keyingi
Videoretsept: turshak va olxo’rili rogaliklar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.