fbpx
Videoretsept: yong’oqli bulochkalar

Videoretsept: yong’oqli bulochkalar

Masalliqlar:

  • xamiri uchun

  • nachinkasi uchun

Yo’nalishlar

Issiq choy bilan tanovvul qilingan shirin bulochka o’rnini hech nima bosa olmaydi. Ayniqsa bulochkalar oddiy emas, balki o’zgacha ko’rinishga va xushbo’y iforga ega bo’lsa bormi!

Oshirma xamirdan tayyorlangan ushbu bulochkalar, sizni qiziqarli shakli va oddiy retsepti bilan xursand qilishlari aniq.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 16 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
100 millilitr iliq sut
100 millilitr iliq suv
1 choy qoshiq tuz
1 osh qoshiq shakar
70 millilitr o'simlik yog'i
0,5 choy qoshiq quruq xamirturush
350 gramm un
nachinkasi uchun
50 gramm maydalangan yong'oq
50 gramm shakar
2 choy qoshiq mak
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut
Qadam 1
Tugallandi

Opara tayyorlaymiz:

Idishga iliq sut, iliq suv, shakar, tuz va xamirturush solib, aralashtiramiz. Ustini yopishqoq plyonka bilan yopib, issiq joyga 10 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz:

Tayyor oparaga o'simlik yog'i va un solib, yumshoq xamir qoramiz. Ustini yopishqoq plyonka bilan yopib, issiq joyga 40 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Nachinka tayyorlaymiz:

Maydalangan yong'oqqa shakar solib aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Oshgan xamirni 0,2-0,3 sm qalinlikdagi to'g'ri to'rtburchak shaklida yoyib, ustiga nachinka solamiz. So'ngra xamirning tag qismidan boshlab, 3 marotaba buklaymiz (shunda uzunligi 10 sm, eni 45-50smli bo'lak hosil bo'ladi).

Qadam 5
Tugallandi

So'ngra 6 ta bir xil bo'laklarga bo'lamiz (tahminan 7*10).

Qadam 6
Tugallandi

Bo'laklardan videoda ko'rsatilganidek, gullar hosil qilib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Bulochkalarni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Bulochkalarga sut va tuxum sarig'ili aralashmani surtib, mak sepamiz va 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 30 daqiqaga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat 30 daqiqa
  • Portsiya 6
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
100 millilitr iliq sut
100 millilitr iliq suv
1 choy qoshiq tuz
1 osh qoshiq shakar
70 millilitr o'simlik yog'i
0,5 choy qoshiq quruq xamirturush
350 gramm un
nachinkasi uchun
50 gramm maydalangan yong'oq
50 gramm shakar
2 choy qoshiq mak
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut
oldingi
«Shanxay» salati
keyingi
Pishloqli draniklar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.