Videoretsept: yong’oq va shokolad pastali rulet
Masalliqlar:
-
Xamir uchun
-
540 gramm un
-
7 gramm Dr. Bakers tez ta’sir qiluvchi xamirturushi
-
180 millilitr iliq sut
-
100 gramm shakar
-
115 gramm eritilgan sariyog'
-
2 ta tuxum
-
1 gramm Dr. Bakers vanilin-intensivi
-
bir chimdim tuz
-
Nachinka uchun
-
300 gramm shokoladli pasta
-
50 gramm maydalangan yong'oq
-
Qiyom uchun
-
100 gramm shakar
-
120 millilitr suv
Yo’nalishlar
Shokoladli rulet — juda ham chiroyli pishiriq. Shokolad pastasi va yong’oq bo’lakchalari yumshoq xamir bilan o’ralib, dasturxonda barchani diqqatini o’ziga tortadigan pishiriqni yaratadi.
Pishiriq bu qadar havodor va oshib pishishining sababi Dr. Bakers mahsuloti – bu barchaga tanish Dr. Oetker brendining yangi nomi. Mahsulotning faqat nomi o’zgardi, sifati esa balandligicha qoldi. Qadoqlar ko’rinishi ham o’sha-o’sha.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 70 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
Xamir uchun |
|
540 gramm un | |
7 gramm Dr. Bakers tez ta’sir qiluvchi xamirturushi | |
180 millilitr iliq sut | |
100 gramm shakar | |
115 gramm eritilgan sariyog' | |
2 ta tuxum | |
1 gramm Dr. Bakers vanilin-intensivi | |
bir chimdim tuz | |
Nachinka uchun |
|
300 gramm shokoladli pasta | |
50 gramm maydalangan yong'oq | |
Qiyom uchun |
|
100 gramm shakar | |
120 millilitr suv |
Elangan unga xamirturushni qo’shib aralashtiramiz.
Chuqur idishda iliq sut, tuxum, shakar, tuz, vanilin va sariyog’ni birlashtiramiz. Mikser yordamida aralashtiramiz.
Suyuq va quruq masalliqlarni birlashtirib, yumshoq xamir qoramiz. Xamirni iliq joyga 1-1,5 soatga oshishi uchun qo’yamiz.
Oshgan xamirni 2 ga bo’lamiz.
Har bir qismni yupqa qilib yoyamiz, ustiga shokolad pastasi surtib yong’oq sepamiz.
Xamirni rulet shaklida o’rab, o’rtasini kesamiz. Ikki bo’lakni bir-biri bilan o’ramiz. Kesilgan ochiq tomoni tepaga qarashi kerak, chetlarini chimchilab yopishtiramiz.
Qolipga solib 20-30 daqiqaga qoldiramiz. 180ºС darajada 30-40 daqiqa davomida pechda pishiramiz.
Tovada suv bilan shakarni birlashtirib, qaynatamiz. Suv qaynaganidan so’ng yana 2-3 daqiqa kutib gazdan olamiz.
Masalliqlar:
Xamir uchun |
|
540 gramm un | |
7 gramm Dr. Bakers tez ta’sir qiluvchi xamirturushi | |
180 millilitr iliq sut | |
100 gramm shakar | |
115 gramm eritilgan sariyog' | |
2 ta tuxum | |
1 gramm Dr. Bakers vanilin-intensivi | |
bir chimdim tuz | |
Nachinka uchun |
|
300 gramm shokoladli pasta | |
50 gramm maydalangan yong'oq | |
Qiyom uchun |
|
100 gramm shakar | |
120 millilitr suv |