Videoretsept: yasmiqli turkcha krem-sho’rva
Masalliqlar:
-
300 gramm qizil yasmiq doni
-
120 gramm piyoz
-
75 gramm kartoshka
-
150 gramm sabzi
-
2 osh qoshiq pomidor pastasi
-
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
1,5 litr suv
-
100 millilitr o'simlik yog'i
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
-
ta'bga ko'ra quritilgan qalampir (paprika)
-
dasturxonga tortish uchun
-
100 gramm suxarilar
-
150 gramm smetana
-
1 ta limonbo'laklarga bo'lingan
-
bir nechta petrushka shoxchalari
Yo’nalishlar
Turkiyada bu sho‘rvani juda ko‘p tayyorlashadi va har bir pazandaning o‘z retsepti bor. Ushbu xushboʻy sho’rva limon bo’lagi bilan dasturxonga tortiladi, so’ngra limon sho’rvaga siqib iste’mol qilinadi.
Bunday sho’rvani tayyorlash juda oson, qolaversa tanovvul qilinganidan so‘ng og‘ir his qoldirmaydi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 20 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
300 gramm qizil yasmiq doni | |
120 gramm piyoz | |
75 gramm kartoshka | |
150 gramm sabzi | |
2 osh qoshiq pomidor pastasi | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1,5 litr suv | |
100 millilitr o'simlik yog'i | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
ta'bga ko'ra quritilgan qalampir (paprika) | |
dasturxonga tortish uchun |
|
100 gramm suxarilar | |
150 gramm smetana | |
1 ta limon | |
bir nechta petrushka shoxchalari |
Sabzavotlarni (kartoshka, sabzi, piyoz) mayda to'rtburchak shaklida to'g'raymiz. Sarimsoqpiyozni maydalaymiz.
Kastrulyada o'simlik yog'ini qizdiramiz.
Yog'da piyozni yumshagunicha aralashtirib turgan holda 3-4 daqiqa qovurib olamiz, keyin sarimsoq tishchalarini solamiz.
Sabzi solib, aralashtirib turgan holda 3-4 daqiqa qovuramiz.
Kartoshka solib, hammasini birgalikda yana 3 daqiqa qovuramiz.
Yuvilgan yasmiqni solib, aralashtiramiz.
Ziravorlar solib (tuz, murch va paprika), yaxshilab aralashtiramiz.
Suv solib, qaynab chiqqanidan so'ng, olovini pasaytiramiz va qopqog'ini yopamiz. Yana 35-40 daqiqa o'rtacha olovda pishgunicha qaynatamiz.
Sabzavotlar va yasmiq tayyor bo'lganidan so'ng, sho'rvani olovdan olib, qo'l blenderida pyure holatiga keltiramiz.
Sho'rvani likopchalarga solib, suxarilar, petrushka, smetana va limon bo'lakchalari bilan birgalikda dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Barcha idishlar LAMART do'koni tomonidan taqdim etilgan.
Instagram sahifasi: @lamart.uz
To'g'ri tanlangan idish - bu san'at
Foydali reklama
Masalliqlar:
300 gramm qizil yasmiq doni | |
120 gramm piyoz | |
75 gramm kartoshka | |
150 gramm sabzi | |
2 osh qoshiq pomidor pastasi | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1,5 litr suv | |
100 millilitr o'simlik yog'i | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
ta'bga ko'ra quritilgan qalampir (paprika) | |
dasturxonga tortish uchun |
|
100 gramm suxarilar | |
150 gramm smetana | |
1 ta limon | |
bir nechta petrushka shoxchalari |