fbpx
Videoretsept: Xagrid pechenyesi «Tosh kekslari»

Videoretsept: Xagrid pechenyesi «Tosh kekslari»

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Xagrid Garri Potter, Ron va Germiona uchun tayyorlagan pechenye «tosh keks» deb tarjima qilinadi, va buning sabaabi bor. Birinchi ko’rinishda pechenye toshday qattiqga o’xshaydi, va uni sindirib bo’lmaydi deb o’ylaysiz. 

Ammo bunday emas, agar retseptga rioya qilgan holda tayyorlasangiz, u juda ham yumshoq, mayin bo’lib pishadi. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 40 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
200 gramm suli parchalari
150 gramm un
100 gramm shakar
1 choy qoshiq qabartma
170 gramm yumshatilgan sariyog'
1 ta tuxum
50 millilitr sut
170 gramm har xil rezavor mevalar yoki yong'oqlar
1 choy qoshiq dolchin
1 choy qoshiq zanjabil va muskat yong'og'i
Qadam 1
Tugallandi

Chuqur idishda suli yormasi, un, shakar va qabartmani aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Yumshoq sariyog’ qo’shib, qo’l bilan mayda kroshka holatiga keltiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Sut va tuxum qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ziravorlar, ho’l mevalar va yong’oqni qo’shib, aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qo’l bilan pechenye shakllaymiz.
Agar qo’lga yopishsa, qo’lingizni ho’llang yoki yog’lang.

Qadam 6
Tugallandi

Pechenyelarni pergament qog’ozi solingan patnisga terib, 200C gacha qizdirilgan pechga 20 daqiqaga qo’yamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tayyor pechenyelarni sovutib, choy yoki qahva bilan tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 40 daqiqa
  • Portsiya 10
  • Oddiy
  • 200C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
200 gramm suli parchalari
150 gramm un
100 gramm shakar
1 choy qoshiq qabartma
170 gramm yumshatilgan sariyog'
1 ta tuxum
50 millilitr sut
170 gramm har xil rezavor mevalar yoki yong'oqlar
1 choy qoshiq dolchin
1 choy qoshiq zanjabil va muskat yong'og'i
oldingi
Videoretsept: pesto sousilik «Archa»
keyingi
Videoretsept : pechda pishirilgan tovuq va kartoshka

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.