fbpx
Videoretsept: Vanil-shokoladli pechenye

Videoretsept: Vanil-shokoladli pechenye

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Mazali va shu bilan birga chiroyli ko’rinishga ega pechenyelar iste’mol qilishni istaysizmi? Unday bo’lsa biz yordam beramiz.

Ruletga o’xshab pishiriladigan bu pechenyelar juda ham yumshoq chiqadi. Bunday shirinlikni bolajonlaringiz bilan tayyorlang va ular bundan juda ham quvonishlariga amin bo’lasiz.

Masalliqlar:

Portsiya:
190 gramm un
120 gramm sariyog'
150 gramm shakar
1 ta tuxum
0.5 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz
1 osh qoshiq kakao kukuni
60 gramm qora shokolad
1 choy qoshiq vanil shakari
Qadam 1
Tugallandi

Sariyog' va shakrni mikserda oqargunicha ko'pirtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tuxum va vanil shakarini solib, yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ustidan un, tuz va qabartmani slib, xamir qoramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni teng ikkiga bo'lamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Shokoladni bo'lib, eritib olamiz. Bunda suv bug'ida yoki mikroto'lqinli pechdan foydalanamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Eritilgan shokoladga kakaoni solamiz va aralashtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Eritilgan shokoladni xamirning bir qismiga solamiz va aralashtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Oq va qora xamirlarni alohida-alohida 5-7 mm qalinlikda yoyamiz.

Bir-birini ustiga qo'yamiz va ruletga o'xshab o'rab chiqamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Yelim qog'ozga solib, 3 soatga sovutgichga qo'yamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Sovigan xamirni 7-8 mm qalinlikda kesib chiqamiz.

Qadam 11
Tugallandi

duxovkani 175 C gacha qizdiramiz.

Qadam 12
Tugallandi

Pechenyelarni gaz pechi patnisiga terib chiqamiz, albatta tagidan pergament qog'oz to'shash esizdan chiqmasin. Ularni9-11 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • Portsiya 6
  • Oddiy
  • 175 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
190 gramm un
120 gramm sariyog'
150 gramm shakar
1 ta tuxum
0.5 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz
1 osh qoshiq kakao kukuni
60 gramm qora shokolad
1 choy qoshiq vanil shakari
oldingi
Qizil sabzidan ajoyib pirog
keyingi
Limon va zaytun mevasi qo’shib pishirilgan tovuq

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.