Videoretsept: uy sharoitida mayonez tayyorlash
Masalliqlar:
-
1 dona tuxumyirik
-
175 millilitr o'simlik yog'i
-
1 osh qoshiq 9% li sirka
-
1 choy qoshiq xantal
-
ta'bga qarab shakar
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Uyda mayonez tayyorlash uchun bor yo’g’i 5 daqiqa vaqt sarflanadi. Agarda uni uyda bir marta tayyorlab ko’rsangiz, keyin sotuvdagilarini umuman xohlamay qolishingizga kafolat beramiz.
Haqiqiy mayonezning tarkibi o’zgarmas bo’lib, u quyidagilardan iborat: yangi tuxumlar va sifatli o’simlik yog’i. Qolgan masalliqlar – tuz, shakar, sirka va xantal -faqat ta’mini yaxshilash uchungina qo’shiladi.
Masalliqlar:
1 dona tuxum | |
175 millilitr o'simlik yog'i | |
1 osh qoshiq 9% li sirka | |
1 choy qoshiq xantal | |
ta'bga qarab shakar | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Tuxum chaqiladi va ehtiyotkorlik bilan blender idishiga solinadi. Sirka, xantal, tuz va shakar qo'shiladi. Ustidan o'simlik yog'i quyiladi.
Blender yoqiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Bir necha soniyalardan so'ng aralashma oppoq rangga kiradi.
Aralashma quyuq krem holatiga kirguncha yaxshilab ko'pirtiriladi.
Tayyor bo'lgan mayonez sovutgichga qo'yib sovutiladi.
Masalliqlar:
1 dona tuxum | |
175 millilitr o'simlik yog'i | |
1 osh qoshiq 9% li sirka | |
1 choy qoshiq xantal | |
ta'bga qarab shakar | |
ta'bga qarab tuz va murch |