Videoretsept: tvorogli kremli profitroli
Masalliqlar:
-
Xamir uchun
-
150 millilitr sut
-
150 millilitr suv
-
130 gramm sariyog'
-
200 gramm un
-
6 ta tuxum
-
bir chimdim tuz
-
Krem uchun
-
200 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
-
50 gramm shakar upasi
-
110 gramm tvorogli pishloq
-
Bezak uchun
-
150 gramm qora shokolad
-
10 millilitr o'simlik yog'i
-
70 gramm yong'oq
Yo’nalishlar
Profitroli — butun dunyoda insonlar qalbini zabt etgan takrorlanmas ta’mga ega kichkina fransuz deserti. Bu biroz qarsillagan va yumshoq, havoli xamirdan tayyorlanib, ichiga krem solingan kichkina pirojnalar hech kimni befarq qoldirmaydi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 90 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
Xamir uchun |
|
150 millilitr sut | |
150 millilitr suv | |
130 gramm sariyog' | |
200 gramm un | |
6 ta tuxum | |
bir chimdim tuz | |
Krem uchun |
|
200 millilitr 35 %li yog'li qaymoq | |
50 gramm shakar upasi | |
110 gramm tvorogli pishloq | |
Bezak uchun |
|
150 gramm qora shokolad | |
10 millilitr o'simlik yog'i | |
70 gramm yong'oq |
Qaynatilgan xamir tayyorlaymiz
Qalin devorli idishda sut, suv, sariyog’ va tuzni birlashtiramiz.
O’rtacha olovga qo’yib qaynashini kutamiz. Yog’ eriguncha aralashtiramiz.
Un qo’shib yaxshilab aralashtiramiz. Aralashtirish jarayonida olovni past qilamiz.
Xamir kastryula devorlaridan oson ajrashi kerak.
Xamirni boshqa idishga olib, mikser yordamida past tezlikda xamirdan par chiqib sovushi uchun aralashtiramiz.
Idishda tuxumlarni aralashtiramiz.
Past tezlikda aralashtirishni davom etgan holda, xamirga tuxumlarni oz-ozdan qo’shamiz. Tayyor xamir silliq, yaltiroq va biroz suyuq bo’lishi kerak.
Tayyor xamirni 1 sm diametrlik qoliplik qandolat qopiga solamiz. Qandolat qopi yordamida pergament qog’ozi solingan patnisga 3-3,5 sm diametrda 35-40 dona pirojna terib chiqamiz.
200C gacha qizdirilgan pechga 40 daqiqaga qo’yamiz. Pechni o’chirib, pirojnalarni yana 10-15 daqiqaga pech ichida qoldiramiz. Tayyor pirojnalarni pechdan chiqarib sovutamiz.
Krem tayyorlaymiz
Idishda sovuq tvorogli pishloq, qaymoq, shakar upasini mikser yordamida baland tezlikda 1-2 daqiqa davomida krem quyilguncha aralashtiramiz.
Tayyor kremni qandolat qopiga solib, yoki uzun ingichka qolip, yoki qopning uchini kesib, profitrolilarni ichini kremga to’ldiramiz.
Shokoladni suv bug’i yoki mikroto’lqinli pechda eritamiz. Eritilgan shokoladga o’simlik yog’i qo’shib aralashtiramiz.
Yong’oqlarni maydalaymiz.
Masalliqlar:
Xamir uchun |
|
150 millilitr sut | |
150 millilitr suv | |
130 gramm sariyog' | |
200 gramm un | |
6 ta tuxum | |
bir chimdim tuz | |
Krem uchun |
|
200 millilitr 35 %li yog'li qaymoq | |
50 gramm shakar upasi | |
110 gramm tvorogli pishloq | |
Bezak uchun |
|
150 gramm qora shokolad | |
10 millilitr o'simlik yog'i | |
70 gramm yong'oq |