fbpx
Videoretsept: tvorog va olchali brauni

Videoretsept: tvorog va olchali brauni

Masalliqlar:

  • Brauni uchun

  • Tvorogli qatlam uchun

  • Murabbo uchun

Yo’nalishlar

Bu desert xushbo’y shokoladli xamir, mayin tvorogli qatlam va nordonlik qo’shadigan olchali murabbodan iborat. Brauni tayyorlash usuli bu yerda klassik emas – tarkibida shokolad yo’q, ammo bu pishiriqqa xos ta’m va ko’rinish saqlanadi. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 70 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Brauni uchun
2 ta tuxum
200 gramm shakar
110 gramm sariyog'
120 gramm un
50 gramm kakao kukuni
yarim choy qoshiq tuz
Tvorogli qatlam uchun
100 gramm 20% yog'li smetana
400 gramm tvorogli pishloq
1 ta tuxum
30 gramm shakar
Murabbo uchun
200 gramm danakidan tozalangan olcha
100 gramm shakar
1 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
30 millilitr suv
Qadam 1
Tugallandi

Brauni tayyorlaymiz

Idishda tuxum va shakarni ko’pirtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Eritilgan sariyog’ qo’shib ko’pirtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Un, kakao va tuz qo’shib bir ko’rinishga kelguncha aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Idishda smetana, tvorogli pishloq, tuxum va shakarni ko’pirtiramiz.
Tvorogli pishloq o’rniga yog’liq tvorog ishlatish mumkin.

Qadam 5
Tugallandi

Tovaga danaksiz olcha, shakar, kraxmal va suv solamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Olchali tovani olovga qo’yamiz va 7-10 daqiqa davomida aralashtirishni to’xtatmasdan quyuqlashguncha qaynatamiz.

Qadam 7
Tugallandi

22 sm qolipga pergament qog’ozi solamiz.

Qadam 8
Tugallandi

180C darajagacha qizdirilgan pechga 35-40 daqiqaga qo’yamiz. Sovutib bo’laklarga kesamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat
  • Portsiya 9
  • O’rtacha
  • 180C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Brauni uchun
2 ta tuxum
200 gramm shakar
110 gramm sariyog'
120 gramm un
50 gramm kakao kukuni
yarim choy qoshiq tuz
Tvorogli qatlam uchun
100 gramm 20% yog'li smetana
400 gramm tvorogli pishloq
1 ta tuxum
30 gramm shakar
Murabbo uchun
200 gramm danakidan tozalangan olcha
100 gramm shakar
1 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
30 millilitr suv
oldingi
Batafsil fotoretsept: qovoqcha va sabzili koreyscha salat
keyingi
Videoretsept: ko’katli qatlama

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.