fbpx
Videoretsept: Tuxum-barak

Videoretsept: Tuxum-barak

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Tuxum-barak – eng sevimli va kamxarj milliy taomlarimizdan biri bo’lib, uning kelib chiqishi Xorazm viloyatiga borib taqaladi.

Bunday taomni tayyorlashda umuman ko’p bo’lmagan masalliqar talab qilinadi, ammo pishirish jarayoni biroz ter to’kishingizga majbur qiladi)

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 20 000 so’m sarf qilinadi.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Xamiriga:
500 gramm un
1 ta tuxum
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
250 millilitr sovuq suv
1,5 choy qoshiq tuz
Asosiga:
8 ta tuxum
150 millilitr sut
150 millilitr o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
birga tortish uchun sariyog'
Qadam 1
Tugallandi

Xamirini tayyorlab olamiz:

Kattaroq qozonga tuxum, suv va tuzni solamiz. Aralashtiirb olamiz. Unni elab ustidan solamiz va qattiqroq xamir qorib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Xamirni aylana shaklga keltirib, ustini yopamiz va 20 daqiqaga tindirib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Asosini tayyorlab olamiz:

Tuxumlarni kattaroq idishga chaqib solamiz. Ustidan sut, o'simlik yog'i, tuz va murchni solamiz. Sanchiqda aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qozonga suv quyib, tuz va 1 osh qoshiq o'simlik yog'idan solamiz. Gazga qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tingan xamirni olib, 1,5-2 mm yupqalikda yoyib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Yoyilgan xamirni ustma-ust taxlab, eniga 4 sm dan qilib kesib chiqamiz. So'ng kesilgan uzun lentalarni yana ustma-ust taxlab chiqamiz va endi ularni 8 sm kattalikda kesib chiqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Piyolachaga yarim qiliv suv va 1 choy qoshiq tuz solamiz. Aralashtirib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Kesilgan xamirlarni bittadan olib, ikkita chetini yopishtirib chiqamiz. Yopishishi oson kechishi uchun qo'limizni tuzli suvda namlab, xamir chetiga surtamiz va yopishtirib chiqamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Tayyorlab qo'ygan xamirlarni ustini yopib qo'yamiz. Qozon oldiga xamir va tuxumli aralashmani olib kelamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Xamirlarni bittadan olib, ichiga 1-2 osh qoshiqdan tuxumli aralashma quyamiz. Va ochiq joyini yana yopishtririb chiqamiz. Darhol qaynayotga suvga solib, 3-4 daqiqa davomida qaynatib pishiramiz. Xamir qotib qolishi mumkin, shu sababli tez-ez qilishga harakat qilamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Pishgan tuxum baraklarnni katta laganga terib, ustidan eritilgan sariyog' surtamiz. So'ng esa smetana yoki qaymoq bilan birga dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
500 gramm un
1 ta tuxum
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
250 millilitr sovuq suv
1,5 choy qoshiq tuz
Asosiga:
8 ta tuxum
150 millilitr sut
150 millilitr o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
birga tortish uchun sariyog'
oldingi
Parhezbop qovoqli vaflilar
keyingi
Videoretsept: italyancha krostata va tuzli tovuq

1 Sharhlar Hide Comments

Тухум баракни начинкаси сал бошкача булади (медага тегмайдиган) сут урнига 1 тухумга 1 ош кошик сув ва ярим кошик ег солинади пишгандан кейин куйук айрон солинади

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.