fbpx
Videoretsept:trayfl stakandagi desert

Videoretsept:trayfl stakandagi desert

Masalliqlar:

  • biskvit uchun

  • qiyom uchun

  • kremi uchun

Yo’nalishlar

Stakandagi desert trayfl – bu mazali, chiroyli, qulay shuningdek agar uni mikroto’lqinli pechda tayyorlasangiz, tez tayyorlanadi ham.

Aytgancha, shirinlikning nomi «mayda-chuyda» deb tarjima qilinadi, chunki siz haqiqatdan ham uni tayyorlash uchun minimal vaqt va mahsulot sarflaysiz, va chiroyli va mazali shirinlikka ega bo’lasiz.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 20 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
biskvit uchun
1 ta tuxum
50 gramm shakar
50 gramm un
30 gramm kakao kukuni
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
50 millilitr sut
qiyom uchun
30 millilitr qaynoq suv
1 choy qoshiq tez eriydigan qahva
1 choy qoshiq shakar
kremi uchun
200 gramm qaymoq 45 % li
50 gramm quyultirilgan sut
bezak uchun eritilgan qora shokolad
bezak uchun malina yoki boshqa istalgan rezavor meva
Qadam 1
Tugallandi

Biskvit uchun:

Tuxum, sut, shakar va yog'ni aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

So'ngra un, kakao va qabartmani solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Artel mini pechining eng baland quvvatida 3 daqiqa pishiramiz.

So'ngra eshigini ochmasdan 3 daqiqaga pechda qoldiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qiyomini tayyorlaymiz:

Idishda qahva va shakarni aralashtirib, qaynoq suv quyamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Krem tayyorlaymiz:

Idishda qaymoqni quyilgunicha ko'pirtirib, quyultirilgan sut qo'shamiz. Yaxshilab ko'pirtiramiz va pazandachilik qopchasiga joylashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Desertni yig'amiz:

Stakanga biskvit bo'laklarini qo'yib, qiyom bilan to'yintiramiz. So'ngra krem va rezavor mevalar qo'yamiz. Shu tarzda davom etamiz.

Desertni 2 soatga muzlatgichga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

Rasmiy instagram sahifasi:artel_official

Rasmiy instagram sahifasi (uy uchun kichik jihozlar):artel_mbt

Reklama huquqi ostida

  • 20 daqiqa
  • Portsiya 2
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
biskvit uchun
1 ta tuxum
50 gramm shakar
50 gramm un
30 gramm kakao kukuni
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
50 millilitr sut
qiyom uchun
30 millilitr qaynoq suv
1 choy qoshiq tez eriydigan qahva
1 choy qoshiq shakar
kremi uchun
200 gramm qaymoq 45 % li
50 gramm quyultirilgan sut
bezak uchun eritilgan qora shokolad
bezak uchun malina yoki boshqa istalgan rezavor meva
oldingi
Jemli pechenye
keyingi
Videoretsept: xamirdagi ochiq sosiskalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.