fbpx
Videoretsept: Tayyor qatlama xamirdan qilingan «Napoleon» torti

Videoretsept: Tayyor qatlama xamirdan qilingan «Napoleon» torti

Masalliqlar:

  • Kremiga:

Yo’nalishlar

«Napoleon» – qatlama xamirdan tayyorlangan mazali tortdir. Bizlar bu safar tayyor xamirdan foydalanishga qaror qildik.

Tez tayyorlaniladigan bu tort nafaqat chiroyli, balki juda mazali bo’lib pishadi.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

1000 gramm tayyor qatlama xamir
Kremiga:
600 millilitr sut
2 ta tuxum
3 osh qoshiq un
40 gramm sariyog'
1 stakan shakar
1 ta o'ramcha vanilin
300 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
Qadam 1
Tugallandi

Xamirni o'ramini ochib, xona haroratida 10 daqiqaga yumshashi uchun qoldiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Har bir xamirni 20x30 sm kattalikda yoyib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ustidan ozroq suv surtob, sanchiqda bir nechta joyini teshib chiqamiz.

Qadam 4
Tugallandi

200 C darajada qizdirilgan gaz pechida 15-20 daqiqa davomida pishirib olamiz. (Gaz pechiga qarab vaqti ko'payishi yoki kamayishi mumkin).

Qadam 5
Tugallandi

Tillarangda poshgan xamirlarni olib, issiqligida o'rtasidan teng ikkiga bo'lamiz. Har birini ustidagi qavatlarini ham bir nechta qismga ajratamiz. Xamirni chetlarini tekis qilib kesamiz. Ortib qolgan bo'laklarini bezatiah uchun olib qo'yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Kremi

Qozonchaga sutni aolamiz. Ustidan shakarni solib aralashtiramiz va past olovda qizdiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Kattaroq tog'orachaga tuximlarni chaqib solamiz, ustidan unni solib, yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qizigan sutdan bir stakan olib, tuxumli aralashmaga quyamiz va aralashtirib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

So'ng shu aralashmani qozondagi sut ustidan solib, quyuqlashguniga qadar aralashtirib pishiramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Tayyor kremga sariyog' solib aralashtiramiz va sovutish uchun chetga olib qo'yamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Alohida idishga qaymoqni solib, yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Sovigan kremga qaymoqni solib aralashtiramiz va sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Patnis yoki likopcha ustidan birinchi xamirni qo'yamiz va ustidan yaxshilab krem surtamiz. Barcha xamirlarni ustma ust qo'yib ustidan krem surtamiz. Chetidan chiqqanlarini esa maydalab, tort ustidan sepamiz.

Qadam 13
Tugallandi

Tortni ustini xohishga qarab bezatamiz va 2 soatga sovutgichga olib qo'yamiz. Yoqimli ishtaha!

Instagramdagi rasmiy sahifasi: @mali_uzb

Facebookdagi rasmiy sahifasi: Mali_uzb

Reklama huquqi asosida

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1000 gramm tayyor qatlama xamir
Kremiga:
600 millilitr sut
2 ta tuxum
3 osh qoshiq un
40 gramm sariyog'
1 stakan shakar
1 ta o'ramcha vanilin
300 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
oldingi
Konservalangan makkajo’xori va kolbasali salat
keyingi
Go’shtli taomlar uchun iliq salat-garnir

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.