Videoretsept: Suli parchasi va banandan tayyorlangan vafli
Masalliqlar:
-
60 gramm suli parchalari
-
2 ta tuxum
-
1 dona banan
-
surtish uchun o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Mana bunday vaflilar tayyorlash uchun bor-yo’g’i 3 xil masalliqlar va juda ham kam vaqt talab etiladi. Ammo natijasi sizni quvontirishi shubhasiz!
Bunday vaflilarni nonushtaga yoki shunchaki choy bilan iste’mol qilishga tayyorlashingiz mumkin.
Shuningdek vaflilarni oddiy tovada, xuddi quymoqchalardek pishirishingiz ham mumkin.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 7 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
60 gramm suli parchalari | |
2 ta tuxum | |
1 dona banan | |
surtish uchun o'simlik yog'i |
Bananni sanchiq bilan yaxshilab ezib maydalaymiz. Suli parchasi va tuxumni solib, yaxshilab aralashtirib olamiz.
Vafli pishirgichga ozroq yog' surtamiz. Xamirni qoshiq yordamida quyib olamiz va ustini yopib, tayyor bo'lguniga qadar pishiramiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
60 gramm suli parchalari | |
2 ta tuxum | |
1 dona banan | |
surtish uchun o'simlik yog'i |