Videoretsept: Smetanali qaylada pishirilgan sazan
Masalliqlar:
-
1 kilo sazan balig'isof og'irligi
-
200 gramm piyoz
-
200 gramm qizil sabzi
-
150 gramm smetana
-
2 ta tuxum
-
0.5 bog' xohlagan ko'katlar
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Sazan balig’ini turli xil usullarda pishirish mumkin: qovurish, dimlash yoki pechda pishirish. Bizlar bugun bunday baliqni ko’katlar, sabzi va piyoz bilan birga gaz pechida pishirishni tavsiya qilamiz.
Juda tez tayyorlanilib, ta’mi ham juda mazalidir.
Tavsiya: bu taom uchun yangi so’yilgan sazan baliqlarini Korzinka.uz tarmog’idagi supermarketlaridan xarid qilish mumkin.
Sazan (700 gr dan 1 kg gacha) — 30 990 so’m/kg
Sazan (1,1 kg dan 1,5 kg gacha) — 35 990 so’m/kg
Sazan (1,6 kg dan 2 gacha) — 39 990 so’m/kg
Quyidagi Korzinka supermarketlarida sotuvda: Abay, Qoratosh, Turkmenskiy, Azimova, Aeroport, Yunusobod, Sayram, TTZ, Qorasuv, Salom, Riyoziy, Qo’yliq, Uchtepa, Chilonzor, Next, VEGA, Sirg’ali
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 47 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
1 kilo sazan balig'i | |
200 gramm piyoz | |
200 gramm qizil sabzi | |
150 gramm smetana | |
2 ta tuxum | |
0.5 bog' xohlagan ko'katlar | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i |
Baliqni tozalab, bo'laklarga bo'lib, yuvib olamiz.
Tog'orachaga baliqni solamiz, tuz va murch sepib, 15 daqiqaga qoldiramiz. Xohishga qarab, o'zingiz xohlagan sevimli ziravorlarni solishingiz ham mumkin.
Piyozni halqalarga, sabzini esa parrak qilib to'g'rab olamiz. Ko'katlarni esa mayda qilib to'g'rab olamiz.
Alohida idishga esa tuxumlarni bir chimdim tuz bilan ko'pirtirib olamiz. Smetanani solib, aralashtirib olamiz.
Qolipga (bizning qolip juda qulay bo'lib, 25x25 sm kattalikda, uni RED TAG dan xarid qilish mumkin) yog' surtamiz, avval sabzini, so'ng esa piyozni bir qator qilib terib chiqamiz.
Sabzavotlar ustidan baliq bo'laklarini terib chiqamiz, ustidan smetanali aralashmani quyamiz va ko'katlarni sepamiz.
Ustini folga bilan yopamiz va 180 C darajada qizigan pechda 40 daqiqa davomida pishirib olamiz. 30 daqiqadan so'ng esa folgani olib tashlasangiz, baliq qizarib pishadi.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 kilo sazan balig'i | |
200 gramm piyoz | |
200 gramm qizil sabzi | |
150 gramm smetana | |
2 ta tuxum | |
0.5 bog' xohlagan ko'katlar | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i |
1 Sharhlar Hide Comments
Baliqni sut mahsulotlari bilan birga iste’mol qilish mumkin emas